Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
384
25
HUSN AHLINING HAR UZVINING VASFIDAKIM, KULLI ShAYIN MIN AZ-ZARIF
ZARIFDIN XABAR BYeRUR
Yuzungda chashmai hayvon kebi labing uzra
Solur chu soya soching, la’linga yetar voya.
Sahob soyasidin ham qachon ibo qilg‘ay,
Agarchi bo‘lsa Masiho quyoshqa hamsoya.
26
O‘Z XILQATI DYeVNIXODLIG‘IN TAVZIH QILMOQ VA GABRLAR FISQIN O‘Z
TOATIG‘A
TARJIH QILMOQ
Xilqatimni devlar birla agar qilsam qiyos,
Lof bo‘lg‘ay, gar desamkim, ul hamondur, bu hamon.
Toatimni gabrlar fisqig‘a yondashtursalar,
Ne bu andin yaxshiroq bo‘lg‘ay, ne ul mundin yomon.
27
NAZMINING BAYTLARIN G‘ARIB MA’NILAR BILA G‘ARIBXONA DYeBTUR, Ya’NI
DOR
USh-ShIFOKI, MUJIBI ShIFO BO‘LG‘AY
Nazmim ichra g‘arib ma’nilar
G‘urabo xaylidin nishonadurur.
Anda har bayt necha ma’ni ila
Bayt emaskim, g‘aribxonadur.
28
SIYaHPO‘Sh AZIZNING JURJONG‘A BORG‘ANIG‘A TAAJJUB QILURKIM, ANDA
Dostları ilə paylaş: