Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
393
Ko‘ngulga futur o‘lmayin, roz ochilmas,
Sadaf gar butun bo‘lsa, gavhar sochilmas.
21
G‘ofil o‘lma, nazardin itsa adu,
Sham’ o‘churganda, yel ko‘rinurmu.
22
Yuqar yomonlig‘ angakim, kirar yomon el aro,
Ko‘mur aro ilik urg‘an qilur ilkini qaro.
23
Forig‘ eldur anda bori qondadur,
Kim bu davrondadurur, darmondadur.
24
Dunyovu uqbo ikkisi jam’ o‘lmas, ey rafiq,
Kimki ikki kema uchini tutsa, bo‘lur g‘ariq.
25
Ablah ani bilki, olamdin baqo qilg‘ay tama’,
Ahmoq ulkim, olam ahlidin vafo qilg‘ay tama’.
26
Istasangkim, ko‘rmagaysen bevafolig‘, ey rafiq,
Qilma olam ahli birla oshnolig‘, ey rafiq.
27
Jahon arusi uchun, eyki, asru tolpinding,
Qachon aning boshidin kechting, ul zamon tinding.
Dostları ilə paylaş: