Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
394
Kishi
aybin yuziga qilma izhor,
Taammul ayla o‘z aybingg‘a zinhor.
31
Qotiq ko‘nglungdin oqti xalq yoshi,
Kim, yomg‘ur boisidur joda toshi.
32
Bu kun nasimi
firoqi mening sari esti
Ki, jonni yelga berib, vasl rishtasin kesti.
33
Qizil to‘nung bila yuz xasta jong‘a ofatsen,
Hadisi
muxtasar aylay, qizil qiyomatsen.
34
Noz ila avval meni firifta qilding,
Emdiki, toptim firib, shifta qilding.
35
Chu sen
yoru jahon bir dushmanimdur,
Mening uchun jahon turg‘uncha sen tur.
36
Manga emdi go‘shai mehrob ila toat yetar,
Ey ko‘z, ul mehrob qoshni ko‘rmakinm, ofat yetar.
37
Labingni so‘zga to go‘yo qilibsen,
Masiho mu’jizin ihyo qilibsen.
38
Andoq ko‘rundi sabza arosinda lolalar
Kim, sabz xatlar ilgida oltun piyolalar.
39
Yor vaslin
toptimu mehr oshkoro qilmadi,
Uylakim, hijroni o‘rtar chog‘da parvo qilmadi.
40
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
395
Voqif
ermas yor, jon bersam buzug‘ koshonada,
Shah ne ogah, xasta Majnun o‘lsa bir vayronada.
41
Yuz ochib, yog‘lig‘ bila la’lingni maktum aylading,
Gul chog‘i gulrang maydin bizni mahrum aylading.
42
Men sinuq, ko‘nglum sinuq,
sabrim uyi xud yerga past,
Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast.
Dostları ilə paylaş: