Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Oshiq o‘lturgum, desang, yuz qatla bu ma’ni manga,
Ishqning dorul qasosi ichra topmishtur subut. 
Ul ko‘zu lab o‘lturub, tirguzsalar, ne aybkim,
Birni qotil, birni jonbaxsh etti hayyi loyamut. 
Xanjari tig‘ida ko‘rgach orazin, oqizdi qon,
Sayl oqqandek quyoshni manzili bo‘lg‘anda hut. 
Xoksor o‘lkim, burutin yelga berdi zoli charx
Ul kishilarniki, ko‘p ko‘rguzdnlar bodi burut. 
Ey Navoiy, ayladi lo‘livashe ko‘nglumni qayd,
Xalqni atrok asir etti, vale bizni jatut. 
87
Jahon arusi birla suhbat aylama rag‘bat,
Nedinki, rag‘bat ila tutmas el bila suhbat. 
Ki bo‘lsa rog‘ibi suhbat ani, sevar eldin
Yuz ilda yetmas mingdin biriga ham navbat. 
Ajab fusungar erurkim, chu sayd qildi seni,
Qarin sog‘indingu ul xud qilib turur g‘aybat. 
Quyosh niginining ostida zahredin hal etar,
Kishiga mehr bilakim ezib berur sharbat. 
Taloq ber anikim, dahr aro musofirsen,
G‘arib elga emas uylanur yeri g‘urbat. 
Agar ikingiz arosida voqi’ o‘lmas ba’d,
Yaqinki, maqsadi aslig‘a topmag‘ung qurbat. 
Navogiy, uyla fano bo‘l visol uchunki, sanga
Chah joy o‘zgaki, o‘zlukka qolmag‘ay nisbat. 
88
Ey musallam, sanga har yaxshi sifot,
Bu sifoting bila yo‘q sen kebi zot. 
Xat sanga Xizru labing — chashmai Xizr,
Nutqung — ul chashma aro obi hayot. 
Harakoting aro taskin zohir,
Lek taskin chog‘ida xush harakot. 
Zulfung ovora ko‘ngullardin erur,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
Yuz Skandarni iturgan zulmot. 
Sunbulungnung rasani bo‘lmasa, yo‘q
Zaqaning chohidin imkoni najot. 
Xum erur yer kurrasi, jom-axtar,
Soqiyo, ber munga sayr, anga sabot. 
Aysh vaqtini, Navoiy, xush tut
Kim, erur osru sharif ul avqot. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin