Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
51
Ishqida boru yo‘qum xarj o‘ldiyu iflosdin
Ma’rifat aylarmen emdi, chun kelur dildor xarj.
Istasang xirqam sotib, may olsam avval, boda tut,
Ey harif, o‘lmastur ani aylamak hushyor xarj.
Dayr piri gar desa: boru yo‘qungni o‘tqa sol,
Yo‘q esa qilma yo‘qu boringni behanjor xarj.
Ishq ko‘yida Navoiy sochsa dog‘idin qora,
Uyladurkim, muhtasham el aylagay dinor xarj.
Dostları ilə paylaş: