Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


ChIM HARFINING ChOBUKLARINING ChYeHRAKUShOYLIG‘I «FAVOYID»DIN



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

ChIM HARFINING ChOBUKLARINING ChYeHRAKUShOYLIG‘I «FAVOYID»DIN 
96
Qovmag‘il ko‘nglumni, zulfung ichra orom aylagach,
Qushni kim ozod etibtur bastai dom aylagach. 
Ul ne jondurkim, gado yanglig‘ qilurlar shohlar,
Yuz duo jonig‘a har qaysini dashnom aylagach. 
La’li shavqin yoshururmen qon yutub, to sog‘men,
Asray olmon o‘zni, gulgun boda oshom aylagach. 
Gul parishon o‘ldiyu sarvi sihi topti shikast,
Bog‘ aro gulgasht ul sarvi gulandom aylagach. 
Dahr gulzorig‘a o‘t soldi jamoli barqidin,
May o‘tidin gunai ruxsori gulfom aylagach. 
Soqiyo, may tutki, hijron shiddati tug‘yondadur,
Yig‘lamoq taskin berur, mayli mayu jom aylagach. 
Dayr ichinda so‘rma zunnorimnikim, ul mug‘bacha
Mahkam etti zulfidin toroji islom aylagach. 
Lahvu isyon birla o‘tti umru hech ish qilmadim,
O‘t tushar jonimg‘a, zikri faslu ayyom aylagach. 
Gar Navoiy hajridin o‘lmish, vale yuz jon topar,
La’li ruhafzosidin bir bo‘sa in’om aylagach. 
97
Manga agar degasiz: jon bila jahondin kech,
Kechay, velek muni demangizki, ondin kech. 
Zamonu ahli zamondin dengizki kech, lekin


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
Demang bu so‘znikim, ul ofati zamondin kech. 
G‘amida qon yoshim ul nav’ bahrdurki, kishi
Qolur tahayyur aro, demasamki qondin kech. 
So‘rarg‘a kelmak emish yor, ey ajal, rahm et,
Yuzini ko‘rgucha bu zori notavondin kech. 
G‘am o‘lturur meni, gar boda ichmasam, ey shayx,
Agarchi panding erur yaxshi, bu yomondin kech. 
Desangki, yor ila hamxona bo‘lg‘asen, bo‘lg‘il
Diyoru mulkdin ovora, xonumondin kech. 
Iki jahonni ko‘rar vasl mone’i solik,
Murod yor esa, ham mundinu, ham andin kech. 
Kamol kasbi qilur bo‘lsang, ozmundin o‘t,
Gar istifoda g‘araz bo‘lsa, imtihondin kech. 
Navoiy, o‘ttilar ahbob, bo‘l fano bila chust,
Desangki, qolmag‘asen yo‘lda korvondin, kech. 
98
Tushkali ul dilraboning turrasi torida pech,
Turra toridek tushubtur ko‘nglum atvorida pech. 
Zulfi tobidin jununumnung yuz oncha pechi bor
Kim, nazar soldim: jununum daf’i tumorida pech. 
Hajr dashtida meni sargashtaning to‘lg‘anmag‘i,
Aylagandektur quyun jismi namudorida pech. 
La’lingu zulfung xayolidin meni dilxastani
Notavon jonida anduhu tani zorida pech. 
Soqiyo, ul sho‘xning jomin rioyat aylagil 
Kim, buzulmish, may chiqib boshig‘a, dastorida pech. 
Vahki, ul kofir asirinnng ishida kufrdin,
Pechlardur onchakim, yo‘q oncha zunnorida pech. 
Olam ahlig‘a ne tong sargashtalig‘ nevchunki bor,
Charx pargorida davru davr osorida pech. 
Rostravlar go‘sha tuttilarki, davron ahlining
Bordur atvorida pech, andoqki guftorida pech. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin