Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


HYe HARFINING HAROMILARINING HUSNOROILIG‘I «FAVOYID»DIN



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

HYe HARFINING HAROMILARINING HUSNOROILIG‘I «FAVOYID»DIN 
101
Azalda chunki raqam topti tolihu solih,
Manga bu pandlaring bejihattur, ey nosih. 
Sen e’tirozni qo‘yg‘ilki, barcha haqdindur,
Chu g‘ayb makmanidin har nekim bo‘lur sonih. 
Ne ixtiyor sangayu manga, chu kilki qazo,
Azalda yozdi ne majruhdur va gar rojih. 
Amal bir oyat ila aylamas, chu yo‘q taqdir,
Biravki aylasa «Kashshof»da o‘zin shorih. 
Tili hurufqa evrulmagan, baso, hindu
Ki, bo‘ldi nuktasi ko‘p g‘ayb hazig‘a fotih. 
Bu korxonag‘a daxl aylamak adab ermas,
Ne daxl kimsaga, har neki mehr etar loyih. 
Navoiy, ollinga yozg‘anni ko‘rmayin bo‘lmas,
Erur haq ollidin ar solih o‘l va gar tolih. 
102
Zormen zulfu yuzi furqatidin shomu saboh,
Soqiyo, boda ketur, qayda menu qayda saloh. 
Boda daryosig‘a solg‘il meni, ey bodafurush, 
Men g‘ariq o‘lsam, emas g‘am, chun sen o‘lg‘ung malloh. 
Men menu ko‘yi xarobotu may ichmak tunu kun,
Qo‘pqil, ey shayxu salohimg‘a ko‘p etma ilhoh. 
Xonaqahdin chu sahar maykadag‘a yuzlandim,
Har tarafdin yuzuma ochti eshiklar fattoh. 
Shahr muftiysi bukun mast edi, fatvo yozdi
Ki, harom o‘ldi, yamon ichsa kishi, yo‘qsa muboh. 
Qachon ul ruhi musavvarki simo’ ichra kirar,
Evrulur boshig‘a quds amkinasidin arvoh. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
Ey Navoiy, chu erur zoli falak xasmg‘a xasm,
Gar nikoh o‘lsa, taloq et, yo‘q esa, qilma nikoh. 
103
Ey, xatu la’ling qoshida munfail Xizru Masih,
Ne yoshunmoqdur, gar ermaslar xijil Xizru Masih. 
Xat labingg‘a muttasildur, lab yuzungakim, erur
Obi hayvonu quyoshqa muttasil Xizru Masih. 
Uylakim Xizru Masih ollida sabza birla su,
Xattingu la’ling qoshinda uyla bil Xizru Masih. 
Chun Masihoso labingdin Xizr umri kasb o‘lur,
Bo‘lsalar andin, ajab yo‘q, munfail Xizru Masih. 
Lablaringdindur Masihu Xizrg‘a nutqu hayot
Kim, emishlar ishlariga mustaqil Xizru Masih. 
Sabzai xat ko‘rguzub, jonbaxsh labdin so‘z degach,
Bo‘ldilar ul hayrat ichra muzmahil Xizru Masih. 
O‘ldi hajridii Navoiy, tushsalar bu hajr aro,
Tong yo‘q o‘lmoq bu sarodin muntaqil Xizru Masih. 
104
Ey, soching shomi aro ruxsori farruxfol subh,
Oy yuzungdin toli’ aylab kavkabi iqbol subh. 
Ey sabuh ahli, iching maykim, bag‘oyat xushturur,
Lahni no‘sho-no‘sh birla jomi molomol subh. 
Tun xumori hajrida badhol edim, yuz voy, agar
Jomi vaslidin meni yor etmasa xushhol subh. 
Shomi subh istab qora tun ichra erdim, shukrkim,
Jilva aylab, shomi zulfin ayladi poymol subh. 
Vasli subhidin tilarmen — andoq etkay shomi hajr
Kim, yuziga topmag‘ay qo‘ymoqqa mushkin xol subh. 
Dam-badam tong yorubon olam eli g‘avg‘osidur,
Bodadin xushvaqtlig‘ni qilmangiz ehmol subh. 
Charx davri zulmidindur go‘yiyokim sarg‘arib,
Ko‘rguzur yig‘lab, yaqo yirtib, ajab ashkol subh. 
Ey xush ulkim, subhidam jomi sabuh ul nav’ ichib,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin