Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
57
Bosh ko‘tarma dayr piri ostonidin kecha,
Gar tilar bo‘lsang mug‘ona ichkasen sog‘ar saboh.
Ko‘yi tufrog‘in
Navoiy ohi sovurdi sahar,
Ishrat ahli uylakim raf’ etsalar bistar saboh.
XYe HARFINING XO‘BLARINING XIROMI «FAVOYID»DIN
107
Sadqang bo‘lubon urmoq bu gunbadi axzar charx,
Qasringg‘a davr urg‘ondek bir sabz kabutar charx.
Sen sham’, vale gardun fonusi xayol erdi,
Urg‘anda malak xayli tegrangda sarosar charx.
Chun yuqori mayl etti nuru azming bo‘ldi,
Ham nurda charx axtar, ham azmda axtar charx.
Sham’ingg‘a lagan bo‘lg‘ach aflok maloyikdin,
Parvonalar urdilar tegrangda mukarrar charx.
Ko‘k hullasidin yoyib atlas yo‘lunga anjum,
Anjum duridin sochib boshing uza gavhar charx.
Yo‘lung izidin o‘zni
ravshan qilibon kavkab,
Raxshing nuridin ko‘zni har dam qilib anvar charx.
Ko‘yungda Navoiyg‘a charx urmoq agar yetsa,
Bir doirai maqsud o‘lg‘usi anga har charx.
108
Qon to‘kub ul buti zebo gustox,
Borib ul yon meni shaydo gustox.
Bo‘lmasa telba, pariyni mendek
Kim qilur buyla tamosho gustox.
Vah, ne tarsodurur ul dayrdakim,
So‘z demas ollida Iso gustox.
Xoling
ul hindu erurkim, bo‘lmish
Labing ustida shakarxo gustox.
Soqiyo, ber iki sog‘arki, bo‘lay
Nuktai ishq aro go‘yo gustox.
Xattu la’li qoshida asrang adab,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: