Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
59
Armanidur go‘yiyo ul sho‘x kofur turkmon
Kim, yetar din mulkiga kofur ko‘zi yag‘mosi cho‘x.
Dilrabolig‘ning libosi cho‘xasidur go‘yiyo,
Kim ani kiygach, ko‘ngul olur qadi ra’nosi cho‘x.
Qiymati ajnosdin chun shadda bog‘lar
haft rang,
Husni bozori aro zohir bo‘lur kolosi cho‘x.
Sollonib chun jilva aylar, xalqni vola qilur,
Ham qadi ra’nosi, ham andomi ruhafzosi cho‘x.
La’lidin
kom nstaram, ne chora, yetsa ko‘ngluma
Kirpikining nayzasidin zaxm ila izosi cho‘x.
Bas bahodirvash erur, lekin muloyim ham erur
Kim, Navoiy ko‘ngliga tushmish aning vasvosi cho‘x.
111
Dema, bir o‘pmak ne erkin la’lidin jonong‘a narx,
Ne so‘rarsen, angla, bir misqoli yuz ming jong‘a narx.
Kom pinhon og‘zidin topmoqqa ko‘p so‘rmang baho:
Kimsa ta’yin aylamaydur javhari pinhong‘a narx
Har kun ul yuz qiymati tag‘yir topsa ayb emas:
Ikki kun bir nav’ bo‘lmaydur guli bo‘stong‘a narx.
Husn bozorida men bo‘ldum ul oyg‘a mushtari,
Kim muqarrar aylagay oyo mahi tobong‘a narx.
Xudfurush o‘ldi ul oy, oyo, qayondin topqamen
Anikim, qildi muayyan Yusufi Kan’ong‘a narx.
Kim mening ko‘nglum xaridoridurur,
bir lutf bas,
Naqd hojat ermas, oxir istasang vayrong‘a narx.
Ey Navoiy, ul quyosh qursi bahosin so‘rmag‘il,
Sen gadog‘a avlo ul bo‘glg‘ayki, so‘rsang nong‘a narx.
112
Qaddu ruxsorig‘a yo‘q gulshanda bir monand shox,
Kim sapidor uzra guldin aylamish payvand shox.
Bog‘i hajr ashjori
shoxidin tutay sayli sirishk
Kim, ulug‘ savdo keraktur bog‘lamoqqa band shox.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: