Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Navoiyo, tilar ersang zamone osoyish, 
Zamona fikriga ko‘nglungni qo‘ymag‘in zinxor. 
134
Qonima har dam ko‘zungning o‘zgacha angezi bor
Kim, aning mujgoni birla g‘amzai xunrezi bor. 
La’li yodi qong‘a ashkim rangini aylar badal,
Olloh-olloh, ne ajoyib la’li rangomezi bor! 
Ishq boshimnn kesib, yo‘l topqay ul oy ko‘yida,
Ne uchunkim, itlari ollida dastovezi bor. 
Hajr shomi, qil tamoshokim, jamoling shavqidin
Notavon ko‘nglumning o‘tlug‘ ohidin gulrezi bor. 
Naylab ul ko‘zdin bo‘lay eminki, bemor ersa ham,
Ofiyat ahliga rahm oyinidin parhezi bor. 
Bog‘ aro gul sochti noz uyqusidin ul sarv uza,
Tong nasimining magar parvizani gulbezi bor. 
Charx chun bemehrdur, Parvezdek qonin to‘kar,
Mehrningkim, shomi siymin na’ldek shabdezi bor. 
Bog‘i davron gullari chun bevafodur, tong emas,
Kecha gar tong qushlarining nolai shabxezi bor. 
Ayb ko‘p qilma Navoiy ko‘zlari sho‘robasin,
Ko‘rki, ul oyning ne yanglig‘ la’li sho‘rangezi bor. 
135
G‘ariblig‘da demankim g‘amu malolati bor
Ki, sendin anru ko‘pgulning g‘arib holati bor. 
Ko‘ngul ilojini qil, en quyosh, vnsol ilakim,
Masih dam ura olmas kebi malolati bor. 
Ko‘pgul jununda tilin aql elini fahm etkay
Ki, dardu shavq kalomi bila maqolati bor. 
Firoqing ilgida chun o‘lmadim, boshim quyidur,
Bu sheva zohir etar, kimsakim xijolati bor. 
Ko‘ngul jafosidin obod erurki, bo‘ldi tuzuk
Harimi mulk, agar shohning adolati bor. 
Keturda la’linga jonim payomini, ey gul,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
Eshitki, payki saboning ajab risolati bor. 
Firoq ahli chu g‘amdin xalos emas tunu kun
Mudom icharga bu ahvolning dalolati bor. 
Visol ruq’asi yetmas manga, xush ul novmid
Ki, qosidi qo‘lida xatti istimolati bor. 
Navoiy, istasang o‘zlukni raf’, majnun bo‘l
Ki, aql pirini ko‘rdum — base jaholati bor. 
136
Go‘yiyo ko‘nglum taxayyul mulkining sultonidur
Kim, xayol ichra qilur har ayshkim imkonidur. 
Husniyu ishqim kamol ichra yaqindurlarki, bor:
Ul mening hayronimu olam aning hayronidur. 
Tutmamish rangin bulut ko‘kniki, olamni tutub,
Aks ko‘k mir’otig‘a solg‘an sirishkim qonidur. 
Sarsaru to‘fon yetar, ey xalq, o‘lung ogohkim,
Ohu ashkimning bu oqshom hajrdin tug‘yonidur. 
Chug‘z bo‘lmish ganji vasling shavqidin ko‘nglum qushi, 
Zaxmi ko‘p ko‘nglum uyi ul chug‘zning vayronidur. 
Husng‘a chun yo‘q vafo, bas tut vafoni mug‘tanam,
Necha kun, eykim, mahbublug‘ davronidur. 
Ishq dashtida Navoiydur, quyun qilmang gumon
Kim, tani xoki bila bir sho‘x sargardonidur. 
137
Vaslidin chun multafit ko‘proq bo‘lur furqatda yor,
Tarki vasl aylab qiling, ahbob, furqat ixtiyor, 
Dema ko‘nglung bo‘ldimu tark aylamak yoru vatan,
Ne ko‘ngulni tark qilmoq, ne vatan, vah, qaysi yor. 
Topmadim bir nechakim mehru vafo tufrog‘ida¤,
Dona sochtim ashkdin, kirpik bila aylab shiyor. 
Siymgun ashk o‘lmoq oltundek yuz uzra ne osig‘,
Jism hijron ko‘rasida bo‘lmayin xolis iyor. 
Kimki, olam xalqi birla oshnolig‘ qilmadi,
Ani de farxunda axtar, muni bilgil baxtiyor. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin