Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
Duo birla tilar haqdin hamul shastig‘a qodirdur. 
Ne tong har zarra ollinda yer o‘pmak aylasam zohir
Ki, dilbar orazi xurshidig‘a ashyo muzohirdur. 
Kstur, soqiy, aningdek mayki, kul qilg‘ay vujudumni
Ki, o‘zluk pardasi matlub ruxsorig‘a sotirdur. 
Yoqing, ahbob, marham vaslidii, yo‘q ersa, boringkim,
Navoiy hajr neshidin base ozurda xotirdur. 
146
Voyki, bag‘rim yana hajr o‘qidin yoradur,
Har nafas ul yoradin jon o‘zidin boradur. 
Jonima ofat labi hajri balo, ohkim.
Baxtima bir hukmi bor la’lu gar xoradur. 
Dard sipehri tanim turg‘onu o‘tkan o‘qung,
Lam’ai paykon bila sobitu sayyoradur. 
Ko‘yida topmaq seni mumkin emas, ey ko‘ngul,
Anda chu sen telbadek yuz tuman ovoradur. 
Charx arusiga yo‘q, garchi yomonlig‘ shior,
Aqdig‘a mayl etmakim, shohidu badkoradur. 
Vo‘smasi qavsi quzah, g‘ozasi gulgun shafaq,
Zulfu yuzi tunu kun, ko‘rki, ne makkoradur. 
Ishq ajab dard emish, dardqadur chora sabr,
Vahki, Navoiy base oshiqu bechoradur. 
147
Ishq dog‘idin nishon qolg‘andin, el jonim olur,
Yusa ketmas, tig‘ ila yo‘nsam, nishon ko‘prak qolur. 
Vah, ne holatdurki, qoshu ko‘zini ko‘rgach qora,
Aqlu jonim sovrulur, sabru shikibim qo‘zg‘alur. 
Qoshi hajrida yangi oy zavraqining xavfi bor,
Sarsari ohim bila chun bahrn ashkim chayqalur. 
Ko‘k shabistoni qizil gullar ochar, chun qon yoshim
Aksini g‘am shomi anjum ko‘zgusi ichra solur. 
Boda tut naqdi hayotimni olib, ey mug‘bacha,
Jon topay bir lahza chun bu naqd oxir siyg‘alur. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
Faqr vodiysida chun urdung qadam, o‘zlukni sol:
Yo‘l uzundur, bu og‘ir yukni ko‘targan tovshalur. 
Ey Navoiy, to tiriksen, tortqung eldin jafo,
Sovug‘ach hangomai ishqing, bu g‘avg‘o tarqalur. 
148
Birov tig‘i firoqi, vah, yana ko‘ksumni chok aylar 
Ki, ham zaxmi, ham ixfosi, ham izhori halok aylar. 
Magar istab itiga tu’ma ko‘nglum birla bag‘rimdin
Birin pargola-pargola, birisin chok-chok aylar. 
Ne muhlik dard erur ko‘nglumdakim, afg‘onima har kim
Ki, yig‘lar, ishq aning ham fig‘onin dardnok aylar. 
Ajab yo‘q ishqi bebok ilgida mendek asir o‘lmoq
Kishikim, ishq ko‘yi azmini bevahmu bok aylar. 
Ajab yo‘q vasl xayli tushkali tartib etar manzil,
Gar ashku oh o‘ti elning ko‘zu ko‘nglini pok aylar. 
Mening boshim kesakcha ham ko‘runmas raxshi ollinda,
Birovkim, tavsani toj ahlining boshini xok aylar. 
Ko‘ngul bog‘ida dardu g‘am niholin ekkali go‘yo,
Qazo dehqoni har yon o‘qi zaxmidin mag‘ok aylar. 
Xusho ulkim, xazon fasli mayi ol ichsa bog‘ ichra,
Qadah sarpo‘shi xinolig‘ ilikdek bargi tok aylar. 
Bir ahli ishqni yori halok aylab Navoiyni, 
Bu yanglig‘ yorsiz jon minnatin chekmak halok aylar. 
149
Ey ko‘ngul, dushmanlar oncha makr ila fan qildilar
Kim, vafolig‘ do‘stni jonimg‘a dushman qildilar. 
Dud boshimdin chiqar, go‘yoki hijron toshidin
Yog‘durub har yon, bu gunbad uzra ravzan qildilar. 
Boshima jo‘lida soch ermaski, zog‘ aylab g‘ulu,
Zaxmlardin tu’ma istarga nishiman qildilar. 
Hajri shomidin osib gardun qora kiz bo‘ynig‘a,
Subh chok aylab yaqo holimg‘a shevan qildilar. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin