Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
Uchmish erdi ishq o‘ti, xasdek tanimni dardu shavq
Kuydurub, go‘yo bu tufroq birla ravshan qildilar. 
Boda tutkim, ahli hikmat charx bemehr erkanin
Jom davri xatlari birla mubarhan qildilar. 
Ey Navoiy, Ka’ba tut yo dayrkim, ahli jahon
Jurmu g‘amdin bu iki manzilni ma’man qildilar. 
150
Qayu tarafki quyosh yanglig‘ ul nigor borur,
So‘ngincha soya masallik bu xoksor borur. 
Dema nujumki, ko‘k tirlar ohim o‘tidin 
Ki, shomi g‘am anga ko‘p shu’layu sharor borur. 
Kularda rishtai durdek tishin ko‘rub, ashkim
Tizilgan inju masallik tuzub qator borur. 
Fig‘onni zabt qilurmen, valek ul qotil
Chu jilva ayladi, ilgimdin ixtiyor borur. 
Ichimda yuz boshog‘, ey gul, ne ayb ingransam,
Alam topar, tobonig‘a aningki, xor borur. 
Bu guliston aro bulbulg‘a rahm qil, ey gul
Ki, hay deguncha xazon yuzlanib, bahor borur. 
Navoiy o‘lsa, yedik ko‘yi itlari so‘ngakin,
Raqib qilma gumonkim, desangki bor borur. 
151
Menu furqat ayyomiyu zorlig‘lar,
Har aqshom tong otquncha bedorlig‘lar. 
Balo xaylikim yog‘durub toshu novak,
Tanu jonima andin afgorlig‘lar. 
G‘amu dard zindoni ichra ko‘ngulga
Tushub o‘tlosh-o‘tlosh giriftorlig‘lar. 
Gahi yorsizlig‘lar anlab halokim,
Gahi dardu g‘am ko‘rguzub yorlig‘lar. 
Meni, soqiyo, hajr davrida mast et
Ki, yoqmas mizojimg‘a hushyorlig‘lar. 
Fano dashtida tashla o‘zluk yukinkim,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
Kerakliktur anda sabukborlig‘lar. 
Navoiy, bahor o‘ldi, tavbangni sindur
Ki, xushtur bu fasl ichra xummorlig‘lar. 
152
Oncha ko‘nglumni jununu ishq yag‘mo qildilar.
Kim, meni devonani olamg‘a rasvo qildilar. 
Xalq ba’zi kuldp, ba’zi ibrat olib yig‘ladi,
Har qachon mufrit jununimni tamosho qildilar. 
G‘amzasi har damki qon to‘kmakka xuni istadi,
Ko‘zlari men qoni to‘lg‘an sari imo qildilar. 
Men gadokim, vaslekim chun ko‘rdilar yuz tig‘i qatl,
Shahlar anikim, xayol ichra tamanno qildilar. 
Ko‘yiga kirgach meni munglug‘, hujum etti raqib,
Uylakim, itlar gado ko‘rganda g‘avg‘o qildilar. 
Men chu asran olmadim sirrimni, naylab ayb etay,
Dushmanoyin do‘stlar gar oshkoro qildilar. 
Vah, ne zulm erdiki, o‘zga sari solding tig‘i zulm,
Har nechakim, jon bila ko‘nglum tavallo qildilar 
Boda ichkim, g‘ussadin fard o‘ldilar ul xaylkim,
Bu ko‘han dayr ichra mayli jomi sahbo qildilar. 
Ey Navoiy, bergil o‘zluk naqdinu kasb et fano
Kim, alar sud ayladilarkim, bu savdo qildilar. 
153
G‘am tuni ikki ko‘zumgakim quyoshe evrulur,
Lam’asidin har biriga g‘ussa yoshi evrulur. 
Hajr vodisinda sargardonmen andoqkim quyun,
Hamqadam bo‘lsa manga bir lahza, boshi evrulur. 
Istaguncha boda ichdik zahr davron bazmida,
Kimki qon yutmoq bila aning maoshi evrulur. 
Shu’lai vasl ichra kuysa tong yo‘q ulkim, yorining
Boshig‘a parvona yanglig‘ betahoshi evrulur. 
Rasm erur payvasta yoning bo‘lmag‘i qurbon aro,
Tong emas gar choklik ko‘nglumda qoshi evrulur. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin