Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
Asru ko‘p chekti bu joni g‘ussaparvar intizor. 
Ey Navoiy, chun sabukashsen, qadam ur tezkim,
Rindlarni qilmasun nogah mukaddar intizor. 
158
Ko‘zumga o‘qi gardidin ziyodur,
Magar o‘q milu gardi to‘tiyodur. 
Borurda ko‘yiga yo‘q ixtiyorim,
Meni har nechakim ko‘nglum tiyodur. 
Ko‘ngul ishq o‘ti ichra bo‘ldi xolis,
Magar bu qalbg‘a ul kimyodur. 
Ko‘ngul saydini mahrum etmagaykim,
Aning mujgoni novak, qoshi yodur. 
Nechuk shahni qilay mehmon, mangakim
Gadolik kunjida bir bo‘ryodur. 
Menu mug‘ dayrinnng pirig‘a qulluq
Ki, shayxi shahr ishi ro‘yu riyodur. 
Senu kavsarki dayr ichra Navoiy,
Bu davlatqa musharraf holipyodur. 
159
Ruh gulzorida, yo rab, ul ne sarvi nozdur
Kim, ravonbaxsh irniga ruhul qudus hamrozdur. 
Olloh-olloh, ne latofatturki, kirdim bog‘ aro, 
Sarvi mingdin ko‘pturur, lekin bir andoq ozdur. 
Ul pariy ishqida g‘olib bo‘ldi ruhoniyatim
Kim, aningdek ham aning sari ishim parvozdur. 
Erdi jon bermak Masih anfosi, bukim, yuz Masih,
Jon topar anfosidin — bas bul-ajab e’jozdur. 
Ishqiin naylab nihon asrayki, xuni g‘amzasi
Dam-badam xunobai ashkim kebi g‘ammozdur. 
To ne bo‘lg‘ay ishqim anjomiki, jonim qolmadi,
Shavqidin bu damki ishqim davrig‘a og‘ozdur. 
Gul visoli bir necha kun besh emas, ey andalib,
Yo‘qsa andin benavosen, qishdurur gar yozdur. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
Dahr bog‘ining gulida yo‘q vafo, bu turfakim,
Sarzanishqa xorii yuz ming til bilan tannozdur. 
Bo‘ldi gulshan qushlari xomush nolang huznidin,
Ey Navoiy, bu ne gulbongu hazin ovozdur. 
160
Yuzung ravshan, enging ham ravshan, ey hur,
Alarning shonida nurun alonur. 
Iki qotil ko‘zung bemorimenkim,
Erurlar ayni usruklukda maxmur. 
Chu bo‘ldi javri bemiqdor, derlar:
Kech andin, vah, manga bu ish ne maqdur. 
Aning husnicha ishqim tutti shuhrat
Ki, bo‘ldi sham’icha parvona mashhur. 
Ne tong biym o‘lsa ishqingdin ko‘ngulga
Ki, bor o‘tdin harosan tab’i mahrur. 
Xiradqa bizni targ‘ib etma, ey shayx,
Bu ishdin tut junun ahlini ma’zur. 
Visol et elga qism, ey charx, baskim,
Navoiy mahvashidin bo‘ldi mahjur. 
161
So‘zi hajring ichra jismi zori g‘amnok o‘rtanur,
Uylakim, barqi balo choqilsa, xoshok o‘rtanur. 
G‘am tuni ul husn sham’i boshig‘a parvonadek,
Evrulub har lahza bu joni havasnok o‘rtanur. 
Kuydi ko‘nglum istabon ishqin fidoilig‘ bila,
Kimsa o‘t uzra nechakim borsa bebok, o‘rtanur. 
Subhidam gulgun bulut yo shom ham gulgun shafaq,
Yo ul oy hijronida holimg‘a aflok o‘rtanur. 
Ishq ko‘nglumga tushub, nobud bo‘ldi ruhu nafs,
O‘t chu bir kishvarga tushti — poku nopok o‘rtanur. 
Chustluq birla qutulmoq ishqidin mumkin emas,
Necha bo‘lsa shu’lada parvona cholok, o‘rtanur. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin