Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
Ey Navoiy, ul quyosh husnini fahm ettim dema
Kim, aning darkida xayli hissu idrok o‘rtanur. 
162
Qayda topqay telba ko‘nglum ul qora ko‘zdin xabar,
Chun junun ichra qorarib, topmas ul o‘zdin xabar. 
Dayr toqi ichra usruk bil xabarsiz kofire, 
Eyki bilmak istading ul qosh ila ko‘zdin xabar. 
Ko‘yida ko‘nglumga voqi’ bo‘lg‘an ishni, ey rafiq,
Ham magar fahm aylagaysen el aro so‘zdin xabar. 
Fahm etarmen ashkdin hijron tariqin, uylakim,
Kecha ozg‘an topsa yo‘l holini yulduzdin xabar. 
Ishqi dashti ichra jismim tufrog‘in sovurdi oh,
Hech kim borib vale tutmadi ul tuzdin xabar. 
Vodiyya hijron aro men bekas ittim, so‘rmadi
Hech yori ul taraf borib, bu yolg‘uzdin xabar. 
Topmadim burqa’da ul yuzdin xabar, gar pardada,
Ey Navoiy, yor topti men kebi yuzdin xabar. 
163
Oytmon ko‘zu ko‘ngul matlubi ko‘yung bog‘idur,
Bu biriga xori, ul birga g‘araz tufrog‘idur. 
Koshi hajrinda yangi oy shaklidin furqat tuni,
Ko‘nglum afgor etkali go‘yo falak tirnog‘idur. 
Sarvig‘a tortib qabo, chekkan quyoshqa soyabon,
Chobukim bo‘yida shirdog‘, boshida qalpog‘idur. 
Demakim: bo‘ldung qariyu, o‘tti davri ishqkim,
To tirikturmen menga ishqu muhabbat chog‘idur. 
Bilgurur parvonaniig bolida humrat birla xol,
O‘ylakim, ko‘nglumda hasrat qoni, furqat dog‘idur. 
Dahr gulzorn aro hasrat yelidin har taraf
Tomdi bulbul ko‘ngli qoni, dema gul yafrog‘idur. 
Ey Navoiy, ko‘nglum olib itlariga tashlasa,
Ko‘ngul aning barcha maqsudum ko‘ngul olmog‘idur. 
164


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
Nazarga qaysi tarafdinki bir g‘ubor kelur,
Ko‘zum yorur bu tamanno bilaki, yor kelur. 
Chu ko‘chadin qulog‘im dubdurun eshitsa ko‘ngul
Dukuldar, uylaki ul nozanin savor kelur. 
Boqar yona sari ko‘rmaska solibon ul sho‘x,
Qoshida qay saridinkim bu beqaror kelur. 
Qochinglar ahli salomatki, kofiri maste
Chiqarg‘ali xiradu sabrdin dimor kelur. 
Ko‘rub, bo‘lurlar oshufta ro‘zgor ahli,
Qayu tarafki bu oshufta ro‘zgor kelur. 
Bukim bir-biri kenicha bordilar ahbob,
Azolarig‘a sirishkim tuzub qator kelur. 
Navoiyo, qalaming javfi bahr yo‘limudur
Ki, turmayin ichidin durri shohvor kelur. 
165
Beliyu og‘zi ko‘rar-ko‘rmasda chun pinhon erur,
Bas muni quchmaq, ani o‘pmak qachon imkon erur? 
Men dog‘i dey belinu og‘zinki ko‘rdum, ko‘rmadim
Yo‘q tamannolarni topqan, topmag‘an yakson erur. 
Bevafolar qaddu mujgonini ko‘p qilmang xayol
Kim, biri tuz-o‘qdurur, bu bir itik paykon erur. 
Ishvagarlar lablari qasdig‘a jondin kechmangiz,
Negakim o‘z qasdi joni qilg‘an el nodon erur. 
Tunu kun deb istamang har lahza zulfu yuzlarin
Kim, bu bir domi balo ul shu’lai hijron erur. 
No‘sh emasdur dahr bazmida, gazakkim neshdur,
May demakim, sog‘ari hijron ichinda qon erur. 
Ey Navoiy, bu g‘arib ishlarki, taklif aylading,
Bizgadur bisyor mushkil, gar sanga oson erur. 
166
Hush chun may bazmi ichra dilsitonimdin ketar,
Tob jismimdin, hayot ozurda jonimdin ketar. 
Bazmdin usruk chiqibkim, otlanur oliftavor,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin