Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Hush boshimdin, xirad vahmu gumonimdin ketar. 
Tund markab uzra jismi har tarafkim bo‘lsa xam, 
Teng bo‘lub xam tobi jismi notavonimdin ketar. 
Mastlig‘din har kishiga chopsa markab xo‘yfishon, 
G‘ayratidin ashk chashmi xunfishonimdin ketar. 
Uyga yetkuncha yetar yuz qatla jonim og‘zima,
Chun uyur ranju alam ruhu ravonimdin ketar. 
Sa’b ish ermish ishq, yo rab, yo mening jonimni ol,
Yo‘qsa, bu beboklik nomehribonimdin ketar. 
Ey Navoiy, jonima yettim ko‘ngul afg‘onidin,
Yonim etkil choku ul majnunni yonimdin ketar. 
167
Bog‘ atri chu nasimi gulu shamshod berur,
Yorning gul yuzu shamshod qadin yod berur. 
Borsa Parvez bori hashmati yelga ne ajab,
Joni Shirinni chekib ohki, Farhod berur. 
Jilva qildi qaddingu nargisu gul bo‘ldi tonuq,
Anga qulluq xatikim savsani ozod berur. 
Ko‘rmagan bo‘lsa yuzung mushafini tifli chaman, 
Nega gul daftari avroqini barbod berur. 
Ey ajal, sun bo‘yun g‘amzagakim, bosh chekmas
Har ne ta’limki shogirdg‘a ustod berur. 
Qilma bedod burunroqki keturgaylar yuz,
Angakim, zulmkash el cheksa fig‘on dod berur. 
Tig‘i devona Navoiyni ne g‘am qatl etsa,
Chun anga jon yana ul huri parizod berur. 
168
Shu’lai ruxsorig‘a ko‘nglum qushi aylonadur,
Tong emas, gul sham’ig‘a bulbul agar parvonadur. 
Bulg‘anib kulga, yaqosin chok etar har subh charx
Bir quyosh ishqida go‘yo men kebi devonadur. 
Yig‘lar ahvolimg‘a ham begonayu ham oshno,
To ulusqa oshno, ul oy manga begonadur. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
Eyki, so‘rdung hajr zindoni baliyat chohini, 
Xayra maqdam, kelki, sen so‘rg‘an bizing koshonadur. 
Kirpik uzra qatralarkim topti bu ko‘z mardumi,
Mazra’i dard uzra go‘yo ul ekin, bu donadur. 
Zor jismimda so‘ngakkim, bilgurur dandonasi,
Go‘yiyo ko‘nglum uyining farshig‘a dandonadur. 
Soqiyo, davron eli paymonidin yod etmagil,
Davr ayog‘in tutki, matlubum mening paymonadur. 
Ermas ul farzonakim, tark etti dunyo hosilin,
Balki hosil qilg‘ali mayl etmagan farzonadur. 
Ey Navoiy, so‘zla voqi’ dostonim ishq aro 
Kim, bu dam Farhodu Majnun qissasi afsonadur. 
169
Ishq har dam ko‘ngluma bir o‘zga mehnat kelturur,
Hajr har soat boshimg‘a o‘zga shiddat kelturur. 
Do‘zax o‘tidin ajal dog‘i keturmas oncha so‘z
Kim, g‘am o‘tidin ichimga dog‘i furqat kelturur. 
Charx anjumdin keturmas oncha ofat saylikim,
Qatra xaydin jonima ul moh tal’at kelturur. 
Chehra o‘tidin bulutdek dudi ohim chiqti, lek
Ul bulut selobi dardu barqi ofat kelturur. 
Solmangiz ko‘z daftari hajrimg‘a, ey ahli nishot
Kim, anga boqmoq ko‘ngulga dardu hasrat kelturur. 
Ul pariy yuz dev ilandur, garchi kirgach ko‘ngluma,
Rashkdin, billah, maloyik yodi g‘ayrat kelturur. 
Boda ich, bu korgah vaz’ig‘a ko‘p fikr etmagil
Kim, anga har necha chirmashqancha hayrat kelturur. 
Bu chaman ichra muhabbat naxli ekmang zinhor
Kim, berib hasrat guli, bori malolat kelturur. 
Yuz jarohat birla ko‘yungda Navoiy ko‘nglini
Qilg‘an itlar tu’ma, el ko‘ngliga ibrat kelturur. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin