Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

170


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
Tiyra hajr ayyomida bilmonki, jonon qaydadur,
Kecha ne bilsun kishi xurshidi raxshon qaydadur. 
Ishq dashtida yugurturmen quyunlar ohdin,
Ko‘rgali bu turfani Majnuni hayron qaydadur. 
Eyki dersen: yor yetkach boshinga, jon qil fido,
Ey fido jonim sanga deykim, manga jon qaydadur. 
Bir qadah tutqay deb ul kofir, kiribmen dayrg‘a,
Ayting‘, ey kufr ahlikim, ul nomusulmon qaydadur. 
Ishq aro to itti ko‘nglum tarki xonumon qilib,
Bilmadimkim, ul aloxonu alomon qaydadur. 
Qaydadurkim yo‘qturur, ko‘ksumni chok et, dog‘i ko‘r,
Dema jonokim, ichingda dog‘i ninhon qaydadur. 
Ey Navoiy, demakim, yo‘q gulda dildorimcha husn,
Aytkim, bulbulda dog‘i mencha afg‘on qaydadur. 
171
Xating ichra labi xandon ko‘rinur,
Xizr ila chashmai hayvon ko‘rinur. 
Ishq dashti aro g‘amzang o‘qidin
Ko‘z yetar yergacha paykon ko‘rinur. 
Bil, junun bodiyasida menmen,
Qayda bir telbai uryon ko‘rinur. 
Lola butg‘an kebi qon yoshimdin,
Tog‘u vodiy bori yakson ko‘rinur. 
Garchi ishq ichra, base, mushkil bor,
Vasl ummididin oson ko‘rinur. 
Ko‘zum o‘ldi yana go‘yo oshiq, 
Baski bir chehrag‘a hayron ko‘rinur. 
Lofi zuhd urma, Navoiy, har dam
Ki, aning aksari yolg‘on ko‘rinur. 
172
Hajr aro qolmishmen, soqiy, labolab jom ber,
Dam-badam shu’lamg‘a su quymoq bila orom ber. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Bir yuzi gul furqati ashkimni rangin aylamish,
Sog‘ari gulrang ichinda bodai gulfom ber. 
Ey salomat ahli, o‘t mayxonadin, yo men kebi,
Mayg‘a sajjodang garav qo‘y, tarki nangu nom ber. 
Dayrdin sarxush chiqib yuz noz ila, ey mug‘bacha,
Ahli taqvo ichra o‘t sol, molishi islom ber. 
Torttim yillar xumori hajr aro nokomlig‘,
Rahm etib, bir qatla la’ling bodasidin kom ber. 
Telbalikdin bilmadim, ne arz qildim, ey rasul,
Tengri haqqi ollida ayturda sen andom ber. 
Ey Navoiy, sen gadog‘a uyla siym andomdin,
Vaslining imkoni yo‘q, tarki xayoli xom ber. 
173
Xo‘blar tig‘i yetishmasdin burun bu zor o‘lar, 
Chin emishkim, bo‘lsa ko‘p qassob, qo‘y murdor o‘lar. 
Demakim, har dam ko‘zidin yuz kishi bemor o‘lur,
Kirpikidin ko‘z yumub ochquncha ming bemor o‘lar. 
O‘lmakimdin qilma hayrat, eyki chekting tig‘i kin,
Qotil ar sensen, meningdek notavon bisyor o‘lar. 
Darddin o‘lmon, tanimdin cheksalar paykonini,
Jonni har kimning tanidin cheksalar, nochor o‘lar. 
Ko‘ngluma bir tig‘ ila o‘lmakni oson aylakim,
Furqatingdin ul zaifi notavon dushvor o‘lar. 
Ishq bazmi bodasi gar bo‘lsa mundoq ruhbaxsh,
Qoni o‘z bo‘ynig‘akim, bu davr aro hushyor o‘lar. 
Benavolar ollida umri abaddin yaxshiroq,
Har kishikim faqr yo‘linda Navoiyvor o‘lar. 
174
Ikki zulfung telba ko‘nglumga qorong‘u kechalar,
Za’fdin bexudlug‘um uyqu anga bu kechalar. 
To giriftor o‘ldi zulfung domig‘a ko‘nglum qushi,
To‘lg‘anib jismim, ko‘zumdin o‘chmish uyqu kechalar. 
Qayda bo‘lsun uyqukim, oqizmish uyqu xaylini,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin