Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
Ul quyosh vaslin tilarsen, bo‘l mujarrad, negakim,
Ko‘kka Ruhullohni yetkurgan aning tajrididur. 
Istasang jon yo ko‘ngul, qilsam taraddud, ayb emas
Kim, Navoiyda alarni tonglamoq tardididur. 
179
Tovushkim uy toshidin kelsa, dermen bag‘ri toshimdur,
Eshikdin soya kirgach, sog‘inurmenkim quyoshimdur. 
Ichinda tog‘ning qon, toshida yuz ming balo toshi,
Aning toshu ichi mutlaq degaysen ichu toshimdur. 
Emastur gardu go‘y ul sho‘x maydonida, go‘yokim
Biri farsuda jismimdur, biri sargashta boshimdur. 
Sirishkimni jigar pargolasi bil, dog‘i ko‘z nuri.
Ko‘ngul sirrini, vahkim, zohir etgan ushbu yoshimdur. 
Demay past o‘ldi afg‘onim yelidin naxli ayshimkim,
Bu naxlim arrasi muhlik fig‘on ichra xaroshimdur. 
Urarmen yerga boshimni g‘amingdin jon taloshurda,
Firoqing xayli birla ul — urushum, bu taloshimdur. 
Yomon holimg‘a hayrat qilmang, ey Farhod ila Majnun,
Bukun siz mehmonsizkim, tarab birla maoshimdur. 
Falak qasri bilan kun muttakosidin demang, so‘zkim,
Fano dayri makonim, faqr tufrog‘i firoshimdur. 
Dedimkim: Tushta mehrob ichra ko‘rdum kofiri maste,
Dedi: Ko‘rgil Navoiy, ko‘z ochibkim, ko‘zu qoshimdur. 
180
Qatlima tig‘ o‘lg‘alikim charx ishi ozordur,
Mavji ashkim aksidin po‘lodi javhardordur. 
Ko‘k tegirmon toshi aylandurmaq istar boshima,
Dema oyu kun boshim uzra bukim sayyordur. 
Ishq dashtida quyun ermaski, men devonag‘a
Dasht aro sargashtalik xattin sizar pargordur. 
Dardi tog‘ida choqinlar dema, de o‘tluq kamand
Kim, solurda bo‘ynuma charx ilgidin takrordur. 
Rahm qil, gardunki, bir dilxastamen, maqdur emas.


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
Chekmaki gar mehnatu bedod bu miqdordur. 
Ey xusho, xumxonakim, qilg‘anning anda tarki hush,
Ko‘k xumidin har nekim kelgay, farog‘i bordur. 
Muncha dardu g‘ussadin maxlas topar yer istasang,
Ey Navoiy, bilki, ul yer kulbai xammordur. 
181
Hureki, mening jonima ofat yetilibtur,
To‘bi kebi qad birla qiyomat yetilibtur. 
Ushshoq ko‘zidin durru gavhar oqizurg‘a
Bir bahri jafo, koni malohat yetilibtur. 
La’ling mayikim so‘rg‘ali devona bo‘lubmen,
Shirin ko‘rinur, lek bag‘oyat yetilibtur. 
Ishqing chamanida ne tarab shoxiki, ektim,
Har birisi bir naxli nadomat yetilibtur. 
Yuz zarracha sargashtaligim bo‘lsa ne tongkim,
Yuz mehrdin ul sho‘x ziyodat yetilibtur. 
Bu bog‘ aro qolmaydur ajal yelidin ozod,
Har gulgaki savsan kebi qomat yetilibtur. 
Hijron g‘amidin vahm etu shukr ayla, Navoiy,
Bu lahzaki, vaslig‘a salomat yetilibtur. 
182
Ichkali gulrang may nargis masallik jomi bor,
Savsani to‘n birla ulkim sarvdek andomi bor. 
Gulshan ichra sarvi ra’nodek qilib har yon xirom,
Mavzi’i dilkash aro may ichkali oromi bor. 
Bodai sofi chekib ahbob ila g‘ofil valek
Kim, yiroqtin dog‘i bir mahrumi xunoshomi bor. 
Bu jafo ahli vafoni qildi maydek talxkom,
Kim qoshinda kirsa har noahli maydin komi bor. 
Men yutub xunoba yillar, el chekarlar jomi aysh,
Chora yo‘q ulkim, azaldin baxti nofarjomi bor. 
Chun vafo ahlig‘a davron tutmadi jomi murod


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin