Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
Kim, murod andin tama’ aylar, xayoli xomi bor. 
Ey Navoiy, gar fano dayri sari qilsang guzar,
Dayr pirining yamon-yaxshig‘a lutfi omi bor. 
183
Har kishikim, bir so‘z ul badmehrdin taqriri bor,
Holatimning tokim ul taqrir etar tag‘‘yiri bor. 
Muhtariz bo‘l shu’lai ohimdin, ey gul xirmani
Kim, choqin xirmong‘a tushkanning ajab ta’siri bor. 
Ko‘ngluma yo‘q chora o‘rtanmakdin o‘zga ishq aro,
G‘ayri kuymak mo‘rning o‘t ichra ne tadbiri bor. 
Hindui zulfikim, ul yuz taxti farmonidadur,
Joduedurkim, anga go‘yo pariy tasxiri bor. 
Sabzai xatting erur har sari zulfung toridin,
Xatti zangoreki, mushki nob ila tahriri bor. 
Faqr dashti ne qotiq yo‘ldurki, solik har necha
Qilsa diqqat birla haq amrin ado, taqsiri bor. 
Gar Navoiy jon berib, ul zulfining har torini
Olsa, ayb etmangki, bu savdo aro tavfiri bor. 
184
Gulni naylay, xotir ul ruxsori gulgun saridur,
Qo‘y gulafshonni, ko‘ngul bog‘i humoyun saridur. 
Chekti qatlim tig‘ini gardunu men ham oh o‘qin,
Ohkim, qatlimg‘a ohim dog‘i gardun saridur. 
Ko‘zlaring devona ko‘nglum jonibin tutti, ne tong, 
Ishq dashtida kiyiklar xayli Majnun saridur. 
Nomasin ko‘rgach nedin ko‘zu ko‘ngulga bo‘ldi rashk
Kim, agar ul bo‘lsa xat sari, bu mazmun saridur. 
El qading zikrin qilurda oqsa yoshim tong emas,
Tifli sofiy tab’ mayli so‘zda mavzun saridur. 
Podshohekim qanoat maxzanin istar, erur
Bir gadodekkim, xayoli ganjn Qorun saridur. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
Ey Navoiy, ista ma’ni olamikim, keldi dun,
Har kishiknm mayli ushbu dunyoi dun saridur. 
185
Ko‘ngul hadiqasida bir niholi navrasdur
Kim, ushbu bog‘da jinsi shajardin ul basdur. 
Nazzora tuhmatin aylab kirar ko‘zumga raqib,. 
Sirishkim oqsa ne tongkim, ko‘zum aro xasdur. 
Qadu yuzi shajaru o‘t bu yo‘lda, ey ko‘nglum,
Adab bila yurukim — vodii muqaddasdur. 
Menga ne nargisu ne gul kerakki, matlubum
Jamoli bog‘ida gul uzra ikki nargisdur. 
Magarki, jonima kirpiklaringning o‘qlarini
Otar, tanosib uchun qoshlaring muqavvasdur. 
Haqir ko‘rma fano ahlini palos arokim,
Kamiyat himmatng‘a jul sipehri atlasdur. 
Habib ko‘yida ahbobning himoyati bor,
Navoiy osru va lekpn g‘aribu bekasdur. 
186
Yana sensiz ohim o‘ti shu’lazandur,
Ki, gardung‘a har uchqun otashfikandur. 
Kirib kulbam ichra kulu o‘tni ko‘rsang,
Bu so‘zon ko‘ngul, ul bir ozurda tandur. 
Dema lolagun hulla ichra uyubmen 
Ki, ishqing shahidig‘a qonlig‘ kafandur. 
Iting o‘lsa, jismig‘a jonimni solg‘il
Ki, bu ruhg‘a ul munosib badandur. 
Qayon bo‘lsa, ko‘nglum uyin darding istar,
Nedinkim, musofirg‘a mayli vatandur. 
Falak sho‘xidin mehr ko‘z tutma, nevchun
Ki, javr anga sheva, jafo anga fandur. 
Navoiy hazin bo‘lsa bog‘ ichra tong yo‘q
Ki, sensiz bu mahzung‘a baytul-hazandur. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin