Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
Ko‘ngluma ko‘hi g‘amu mujgonlaring kirmish, valek
Ne g‘am ul tog‘din, bu metinlarki Farhodimda bor. 
Kesgali hushu xirad naxlini bilgil arrae,
Har xaroshikim junun sharhida faryodimda bor. 
Dayr piri o‘zlukum qaydin ketardi, vah, ne tong,
Gar duosi har sabuhi vaqti avrodimda bor. 
Ey Navoiy, telbaratmishdur meni ifrot ila,
Baski mufrit odamiylig‘lar pariyzodimda bor. 
192
Qoshing avji malohatning yangi tug‘qan hilolidur,
Qading naxli latofat bog‘ining navras niholidur. 
Fido jonim qading naxlig‘akim, garchi erur navras, 
Vale andomu ra’nolig‘da haddi e’tidolidur. 
Nazokat gulshanida toza gulbun qomating shibhi,
Aning tab’ida muzmar g‘uncha yo‘q og‘zing misolidur. 
Chuchuk lafzing Masihoning tufuliyatdag‘i nutqi, 
Beling jonbaxshliqta ko‘ngliga kirgan xayolidur. 
Ne tong ko‘nglum agar majruh o‘lub, qon borsa zaxmidin
Ki, uzgan g‘unchadek bir tiflvashning poymolidur. 
Yuru, ey Xizrkim, hayvon suyidur zahr agar ichsam
Bu damkim, jomim ul sho‘x itlari sing‘an safolidur. 
Xalo mavjud emas su zarfidin chiqqach havo to‘ldi,
Havoi ishqidin mamludur, o‘zdin kimki xolidur. 
Navoiy ashkidek ul sho‘x agar tinmas, ajab ermas,
Qilurlar po‘ya yoshlar to yugurmak ehtimolidur. 
Fano dayrin tilarmen, men vale uchmog‘ni zohidkim,
Mening komim — qadah durdi, aning — kavsar zulolidur, 
193
Xasta ko‘nglum o‘rtanur, go‘yo sevar jonim borur,
Yig‘lag‘um kelur, magar gulbargi xandonim borur. 
Ul quyosh hajrindankim jonimni o‘rtar g‘am tuni,
Sham’ yanglig‘, ne ajab, gar durri g‘altonim borur. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Nil ila har yon alif ko‘ksumga qozg‘an, vah, ne sud
Kim, alifdek qad bila sarvi xiromonim borur. 
Evrulub boshig‘a, ruxsoridin o‘rtan, ey ko‘ngul,
Kuygucha hajrinda chun sham’i shabistonim borur. 
Men xud o‘lgum shukrkim, ul ham bora olg‘usi yo‘q,
Tig‘i hajri zaxmidin bu nav’kim, qonim borur. 
Rozi o‘ldumkim, ajal bo‘g‘zumni bo‘g‘qaykim, nedin,
Men qolib mahjur anga har lahza afg‘onim borur. 
Ne namoz o‘lg‘ayki, o‘zni ko‘rguzub jam’ ichra jam’
Yuz parishonlig‘ sari tab’i parishonim borur. 
Ey Navoiy, shu’laliq joning ovuchlab boshla yo‘l,
Kechqurun chun otlanib ul mast mehmonim borur. 
194
Savsani to‘n birla ul qad savsani ozod erur,
Yo binafsha bargidin zeb aylagan shamshod erur. 
Olloh-olloh, bilmon ul qadniki savsan bargidin,
Zeblik shamshod erur yo savsani ozod erur. 
Vah, ne sarvedurki, to xil’at kiyibtur savsaniy, 
Chok o‘lub gul xil’ati, bulbul ishi faryod erur. 
Savsanu sarvi agar yo‘qtur damimdin bog‘ aro,
O‘rtanibon sarvu savsan, hullasi barbod erur. 
Shomi g‘am ko‘nglum uzoru hullasin yod aylabon,
Mehr o‘ti har yon binafsh etgan bulutdin shod erur. 
Qozg‘ali g‘am Besutun tog‘in Navoiy ilgida,
Vahki, savsan bargi ermas, teshai Farhod erur. 
Yuz tili bo‘lsa, dam urmoq shart emas ozodadin,
Ey ko‘ngul, savsan tilidin bizga bu irshod erur. 
195
Bargi nay to‘n ichida nol kebi beli nihondur,
Qalami fo‘ta qamish bandidek ustida ayondur. 
Ayladim tarh vafo qasrini ko‘ksum uza ko‘rkim,
Na’llar tarhida ayvonlardin yerda nishondur. 
Zulfi hijronida mundoqki tanim har sari sonchar,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin