Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
Sarvnozim nechakim har lahza yuz ming noz etar,
Netgamen ko‘rguzmayin har nozig‘a yuz ming niyoz. 
Buylakim haq nuri zohirdur yuzungda, bo‘lmag‘ay
Filhaqiqat sirri ishqingg‘a xayol etmak majoz. 
Sham’ o‘rtar demagil, parvonani kim bildikim,
Sham’g‘a parvona ko‘ngli o‘tidin ermas gudoz. 
Xam bo‘lub yer o‘pmakim ko‘yida har yondin ne ayb,
Ka’bag‘a joyizdurur har saridin qilmoq namoz. 
Rostlarning chun Xuroson nchra yo‘qtur hurmati,
Vaqt erur qilsang, Navoiy, emdi ohangi Hijoz. 
210
Ne labidin istimo’ etti quloq bir qatla so‘z,
Ne yuziga bir nazar solmoq murodin topti ko‘z. 
Deding elni o‘lturay bir so‘z bila, ammo seni
Aylayin mahrum, vah, jono, dema bu nav’ so‘z. 
Eyki, bir oy ishqidin oshuftasen, vasl istasang,
Har jafo qilsa chida, har nav’ bedod etsa to‘z. 
Oshnolarni qovar, lekin sevar begonani,
O‘zni yot aylar jafo birla va lekin yotni o‘z. 
May uchun zohid ridosi andin o‘lmas rahnkim,
Bodapololiqqa ham loyiq emas ul porabo‘z. 
Kimsa davron ahlidin hargiz vafoe ko‘rmadi,
Kimga kim qilsang vafo paydovu ko‘z tut birga yuz. 
Ey Navoiy, xo‘blarg‘a mahkam ermas tori ahd,
Rishtai ummidni emdi bu mahvashlardin uz. 
211
Boshimg‘a zaxmlarning qoni turmasdin bo‘lub ojiz,
Falak choqii o‘tig‘a kuydurur har dam bulutdin kiz. 
Agarchi tund tavsan erdi aqlim, kelki, nshqingdin
Nachukkim, ko‘nglung istar ham zabundun emdn, ham ojiz. 
Jamoling lam’asidin gar kul o‘ldum, tong emasturkim,
Bu yanglig‘ barqi ofat kimsaga choqilmamish hargiz. 
Surub xoki tanimga raxsh, agar o‘lturdi ul chobuk,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
Hayotimg‘a, Masiho, urma damkim, ketmasun ul iz. 
Qadah xurshidin ul oy ilgiga olg‘ach, yorur olam,
Kalimullohning ilgida bu yanglig‘ yo‘q edi mu’jiz. 
Ko‘zum xunobidin ofoq rangn qirmizi bo‘ldi,
Hamonkim, bu chashma suyidin hosil bo‘lur qirmiz. 
Qilay xomangg‘a jon naqdini isor, ey musavvir, kel,
Sirishkim rangidnn kulbam aro ul oy misolin siz. 
Agar bizdin malole erdi sizga, ey visol ahli,
Sizu jomi murod emdiki hajr o‘tig‘a kuyduk biz. 
Navoiy o‘n sakiz ming olam ichra bor esa rasvo,
Tong ermas, chunki bo‘lmish mahvashining yoshi o‘n sakkiz. 
212
Bir pariyvash volihi bo‘ldum, meni majnun dengiz,
Shomi hajrim tuli savdosini ro‘zafzun dengiz. 
Dudi ohimdin shararlar bo‘lsa ko‘nglum o‘tidin,
Olami ishq ichra ani anjumu gardun dengiz. 
So‘rsa ko‘nglum holini ishq ahli lahni nazm ila,
Ani rasvo ayladi bir qomati mavzun dengiz. 
Ranji ishqimni dengiz Farhodu Majnun birla teng,
Dard ila hajrim bisotin tog‘ ila homun dengiz. 
Bir yuzi gulgun g‘amidin yuz tikon ko‘nglumdadur,
Xorxorimning iloji bodai gulgun dengiz. 
Do‘stlar, ishq ahli g‘avg‘osin tafahhus qilsa yor,
Dardi hajring shiddatidin o‘ldi bir mahzun dengiz. 
May to‘la aylab Navoiyg‘a tutung, ey ahli bazm,
Ichmasa, g‘am yerga arzimas bu dahri dun, dengiz. 
213
Ul yuz atrofi malihu la’li xandonida tuz,
Tengri har yon to‘kti go‘yo husnining xonida tuz. 
Xoni husn ul yuz, namakdon og‘zidur, ul xon aro
Nutqi sho‘rangezdin paydo namakdonida tuz. 
Chun fano yo‘lig‘a kirdim — og‘zi ko‘nglumda, ne tong
Kim, safar ahli chu azm etti, bo‘lur yonida tuz. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin