Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
113
Turfa ko‘rkim, so‘z bila ham o‘lturur, ham tirguzur,
Chun ochar muhlik so‘z ayturg‘a Masihovor og‘iz.
Orazing davri erur xurshid davridin nishon,
Qayda mehr ichra ko‘rungay nuqtai pargor og‘iz.
Og‘zima yetkur quloq, bilkim, sening zikringdurur
Ul zamonkim, jon berurda tebratur bemor og‘iz.
Soqiyo, ratli garon birla meni serob qil,
Kim, qurubtur tashnalablig‘din manga bisyor og‘iz.
Eykn ko‘nglung sirrin istarsenki, pinhon asrasang,
Dahr bog‘i ichra ochma g‘unchadek zinhor og‘iz.
Ey Navoiy, yorning ko‘ngli tutuldi noladin,
Kosh hargiz ochmag‘ay erdim meni afgor og‘iz*.
* Ushbu bayt Parij nusxasidan to‘ldirildi.
220
Anga xo‘ydin toza bo‘lmish obi hayvon birla yuz,
Hajridin og‘ushta bizga ashki g‘alton birla yuz.
Sham’i vasl, eykim, ko‘zung yorutti, shod o‘lkim, mening
Ro‘zgorimga qorardi dudi hijron birla yuz.
Bir sarig‘ kog‘azdurur tim-tim qizil bo‘lg‘an menga,
Qatra-qatra ashkdin naqsh aylagan qon birla yuz.
Surtarim tufroqqa yuz hijronda zoyi’ bo‘lmag‘ay,
Surtar o‘lsaq vasl aro bir-birga jonon birla yuz.
Ey ajal, qo‘ykim, qo‘yay yuz yorning ko‘yigakim,
Qo‘yg‘udekturmen adam ko‘yiga armon birla yuz.
Xonaqah ahli nifoqidin qutulmoq istabon,
Qo‘ymisham iynak fano dayrig‘a afg‘on birla yuz.
Ey Navoiy, ul quyosh yodida andoqkim shafaq,
Bizga rangin ayla jomi charxi gardon birla yuz.
Dostları ilə paylaş: