Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
135
Kecha uyqu birovda bo‘lmasa ne tongki, ko‘yungda
To‘shanmish xorni ostidayu xoroni yastanmish.
Choqilg‘ach lam’ai husnung, manga qolmas asar boqiy,
Birovga ne asar qolg‘ayki, barq o‘tig‘a o‘rtanmish.
Raqibing ham, iting ham ko‘pglumga ko‘yungda dushmandur
Ki, tunlar to sahargah tortmish afg‘onu kungranmish.
Jahon ahlig‘a gar uyqu harom o‘lsa
ajab ermas
Ki, noz uyqusidin ul kofiri bebok uyg‘anmish.
Meni oshuftani ul turradin qilmoq xalos o‘lmas
Ki, jonim rishtasi birla aning har tori to‘lg‘anmish.
Zamong‘a bovujudi bevafolig‘ ta’n qilmangkim,
Zamona ahlidin rasmi vafo bobinda saylanmish.
Manga zuhdi riyoi xirqasidin ul palos ortuq
Ki, yuz qatla fano dayrida may loyig‘a bulg‘anmish.
Xusho mug‘ dayrikim, bir
damda aylar muflisu rasvo
Biravkim, umrlar ham molu ham nomus qozg‘anmish.
Navoiy zuhd xarfin tavba qilsa, ey riyo ahli,
Anga kelmas o‘lum, bir harzani gar aytmish-tonmish.
263
Dardi ko‘p uryon tanimg‘a yuz tuman dog‘ o‘lmamish,
Toki har bir dardig‘a bir dog‘ etar chog‘ o‘lmamish.
To ko‘zung oyini usruklukduru bemorlig‘,
Za’flig‘ sarmast ko‘nglum lahzae sog‘ o‘lmamish.
G‘am tuni ul oydin ayru aylamish anjum xirosh,
Har taraf ko‘ksumni go‘yo ranja tirnog‘ o‘lmamish.
Poya ishq ahlig‘a olidur, yo‘q
ersa xalqdin,
Qochqali Farhodning manzilgahi tog‘ o‘lmamish.
Foniy o‘lkim, dayr piri jur’asidin bahravar
Bo‘lmamish, har kimki bu dayr ichra tufrog‘ o‘lmamish.
Ne asar qilg‘ay ko‘rub qonlig‘ tanim uzra tugan,
Senki hargiz may tomib, gulgun to‘nung dog‘ o‘lmamish.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: