Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
268
Bizing shaydo ko‘ngul bechora bo‘lmish,
Malolat dashtida ovora bo‘lmish. 
Anga baskim yog‘ar tosh ustida tosh,
Tanida yara uzra yora bo‘lmish. 
Urarda dam-badam xorog‘a boshin,
So‘ngaklar anda pora-pora bo‘lmish. 
Balo tog‘i aro yotqanda bemor,
Xirad sinjobi xoru xora bo‘lmish. 
Qora qildi nachukkim ro‘zgorim,
Aning ham ro‘zgori qora bo‘lmish. 
Qadah xurshidi qanikim, g‘amidin
Sirishkim kavkabi sayyora bo‘lmish. 
Navoiy, choradin ko‘p dema so‘zkim,
G‘amingg‘a chorasizlig‘ chora bo‘lmish. 
269
Ul qadar ul kofir islom ahlini qatl aylamish
Kim, shahodat barmog‘in ham zaxm aylab bog‘lamish. 
Garchi din ahlig‘a aning ilgidin yuzlandi qatl,
Ilgining qonin dog‘i emdi oqizmoq boshlamish. 
Qatliga ko‘nglumni to‘xtatsam agar yo‘q, vah, ne sud,
Chun meningdeklarni o‘lturmakka ko‘ngli to‘qtamish. 
Nozu istig‘noda kim ifrot etar, ma’lum o‘lur
Kim, jamoli mufrit erkanni o‘zi ham anglamish. 
Ishq zulmi haddin o‘tti ko‘ngluma, ey porso,
Go‘yiyo bir mustajobud-da’va ani qarg‘amish. 
Qochmayin aftodalig‘din, arzi ixlos aylakim,
Do‘st lutfi oqibat aftodalarni qo‘ldamish. 
Bag‘riyu ko‘ngli Navoiyning nedin yuz poradur,
Itlaringga to‘‘ma aylarga hamono to‘g‘ramish. 
270
Har pariy paykarga bir devonaekim zor emish,
Kunda ming zulm o‘lsa, bir ham rahm gohe bor emish. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
Qaysi majnuni balokashga pariy ruxsoridin
To abad zulm uzra zulm, ozor uza ozor emish. 
Sen bu oyini jafo solding orag‘a, yo‘qsa xalq
Ko‘rsa shiddat lutf birla, yo‘qsa barxurdor emish. 
Olloh-olloh. bu ne so‘z bo‘lg‘ay menu hijron tuni,
Vasl subhi qay qachan beyorlarg‘a yor emish. 
Hajr shomi shiddatidin ishq tarkin har kecha
Jazm etibmen, lek doim subh istig‘for emish. 
Davr jomi birla taskin topmas ermish, soqiyo,
Kimnikim sargashta qilg‘an bu to‘quz pargor emish. 
Deb emishsen: Jonni bergaymu Navoiy istasam,
Bilmagansenkim, bu xud jon birla minnatdor emish. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin