Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
144
Qil Navoiyni hamul xat bila, yo rab, ozim
Kim, biror yonidin ayrildi o‘tuz olti xutut.
281
Qilg‘ay ul orazni ko‘rmakdin meni hayronni zabt,
Kimki qon to‘kmaktin etkay ul ko‘zi fattonni zabt.
Zabt qil dersen ko‘zung yoshiyu ko‘nglung ohini,
Olloh-olloh, kim qilibtur sarsaru to‘fonni zabt.
G‘ayridin ko‘nglum qushi ko‘ksumni mazbut asradi,
Chug‘zi ojiz, vah ne qilg‘ay, aylamay vayronni zabt.
Menki afg‘ondin ko‘ngulni
zabt eta olmon, ne nav’
Zulm etar bedodidin aylay ko‘ngul olg‘anni zabt.
La’li hajrinda firoqi neshidin o‘lsam, ne tong
Kim, qila olmon ko‘ngulning yarasidin qonni zabt.
Nolani men qayda zabt ettimki, aylay olg‘amen,
Hajrdin har lahza ko‘nglum aylagan afg‘onni zabt.
Charxdin ne kelsa, xush tut o‘znikim,
qilmas qazo,
Bir sening ra’ying uchun bu gunbadi gardonni zabt.
Zabt qilmas davr ayog‘in sipqorurda, soqiyo,
Shahki jomi adl birla aylagay davronni zabt.
Ey Navoiy, zabt qilmon o‘zni hijron bazmida,
Qilmasam tong yo‘q surudu nag‘mai hijronni zabt.
Soqiyo, may to‘la bermakin azm aylading,
Usruk o‘ldumkim, qiladur suhbati jononni zabt*.
282
Ey, xayolingdin
manga har dam nishot,
Ko‘ngluma vasling so‘zidin inbisot.
Gar sanga bo‘lmoqqa had yo‘q muxtalit,
Ham tahayyul birla xushtur ixtilot.
Xo‘blarni rux bila qil motkim,
Shoh ko‘rmaydur seningdek bu bisot.
Dema, ruxsorim nachuk vasf aylagung,
Qo‘yki, bir dam yaxshi aylay ehtiyot.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
145
Gar pariy sendek dedim yozg‘urmakim,
Telba alfozida bo‘lmas irtibot.
Eski olamg‘a ko‘ngul ko‘p bog‘lama
Kim, musofirg‘a vatan bo‘lmas rabot.
Ko‘rsa
hajringdin Navoiy yuz malol,
Raf’ etar, vaslingdin o‘lg‘ach bir nishot.
283
Yuzung yonidakim bosh chekti har yondin muanbar xat,
Gul uzra mushkdin kilki qazo qilmish muharrar xat.
Jamoling safhasig‘a ikki qoshing matlaedurkim,
Yozibtur kotibi sun’ ani husn ahli uchun sarxat.
Guli ruxsoringa ko‘p zeb berdi sabzai xatting,
Bag‘oyat xushnamo ermish qizil kog‘azda axzar xat.
Yuzungnung tegrasida xatmudur yo sun’ pargori,
Quyoshning davrig‘a tahrir uchun chekti mudavvar xat.
Yuzungnung dog‘i birla aijumungdin ne osig‘, ey oy,
Quyoshdek oraz
uzra xushturur gar xol erur, gar xat.
Meni maxmurlug‘ ranjidin ozod etsang, ey soqiy,
Yozarmen, garchi ilgim titramaktin kelsa abtar xat.
Xating vasfida har nekim savod etmish ko‘ngul, andin
Erur bir anbarin zanjiri savdo ahlig‘a har xat.
Ko‘runur
gul kebi orazda mushkin xat, base, dilkash,
Varaq gar xo‘b emastur, xo‘b emas yozmoq muyassar xat.
Navoiy, berma pandim, xosa xat bosh chekti ul yuzdin,
Chiqa olmon xatidin, har nachukkim cheksa dilbar xat.
Dostları ilə paylaş: