Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
Hajr aro g‘urbat yana bemorlig‘ birla junun,
Qildi jonim qismati bu nav’ yuz bedod ishq. 
Shu’lasidin tushti o‘t olamda ul yuz hajrida,
Har qachon ko‘nglumni qildi o‘rtamak bunyod ishq. 
Hajru dardu sabrsizlig‘ keldilar qotil bari,
Lek bu fan ichra bordur barchag‘a ustod ishq. 
Yuz fasonam bor ani ko‘rgan zamon arz etgali,
Jilva qilg‘ach, voykim, bermas birin ham yod ishq. 
Qatlini ishq ahli topmas jon berib, to ayladi
G‘amza tig‘i birla mahvashlar ko‘zin jallod ishq. 
Sendin o‘rgangan kebi Layliyu Shirin zulmu kin,
Mendin o‘rganmak kerak Majnun bilan Farhod ishq. 
Vasl tahsili uchun, ey shayx, taqvo qilma amr
Kim, fano oyinin aylabtur manga irshod ishq. 
Ey Navoiy, ofiyat ko‘yida sen bo‘l shodu xush,
Kim meni dardu balog‘a aylamish mu’tod ishq. 
317
To meni mehnat tuniga mubtalo qildi firoq,
Ro‘zgorimni savodidin qoro qildi firoq. 
Qon yoshim oqmog‘lig‘ erdi, dard ila g‘am hojati, 
Hojatin o‘z qavmu xaylining ravo qildi firoq. 
Oqibat to naylagay nozuk ko‘ngulga dardni,
Ko‘p suubat birla holo ibtido qildi firoq. 
Jonu ko‘nglum har biri yig‘larlar o‘z ahvolig‘a,
Go‘yiyo ko‘ksum uyin motamsaro qildi firoq. 
Vasliga shukr etmagan bo‘lsam, mahalli ta’n emas.
Chun yuz onchakim kerak erdi sazo, qildi firoq. 
Davr ko‘rkim, ulki ichti bir qadah no‘shi visol,
So‘ngi qatla zahr ila jomin to‘lo qildi firoq. 
Har dam onsiz yuz o‘lum erdi Navoiy jonig‘a,
Bir o‘lum birla bu dardig‘a davo qildi firoq. 
318


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
Ey, kalomi jon fizoying naqdi jondin yaxshiroq,
La’li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq. 
Garchi hajringdin yomon holatda men, lekin manga
Kimki andin yaxshiroq yo‘q, sensen andin yaxshiroq. 
Xalq tarki ishqing aylarga biravni qatl uchun,
Gar tilarsen, topmag‘ung men notavondin yaxshiroq. 
Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad
Kim, bu nav’ ovoralig‘ yuz xonumondin yaxshiroq. 
Istasang, ey ishq, Majnun o‘rnig‘a sargashtae,
Bilki, topqung yo‘q bu rasvoi jahondin yaxshiroq. 
Dayr aro yaxshi-yomon ollida bosh qo‘ysam, ne tong,
Kimki yo‘q andin yomonroq, men yomondin yaxshiroq. 
Ey Navoiy, xurdai nazmingg‘a isloh istasang,
Kimsa qilmas ani shohi xurdadondin yaxshiroq. 
319
Ul pariyvash muddaig‘a mehribondur, bizga yo‘q,
Filmasal ollida aning itga sondur, bizga yo‘q. 
Ko‘yida itlarga maskandur valek qavlar meni,
Vahki, hamdamlarga anda xonumondur, bizga yo‘q. 
Elni har dam o‘lturur, bizni bu g‘am o‘lturdikim,
Lutfi aning o‘zgalarga har zamondur, bizga yo‘q. 
Tong emas gar oh xoki tanni barbod aylasa,
Gardg‘a chun ostonida makondur, bizga yo‘q. 
Itlari mehmon bo‘lurg‘a yo‘q hadim, ne nav’ dey
Kim, ul oy mahsuslarg‘a mehribondur, bizga yo‘q. 
Hay deguncha chun o‘tar ham ayshu ham g‘am, bas nedur,
Gar falakdin elga ayshi begarondur, bizga yo‘q. 
Qismat ar dilxoh ila ermas, Navoiy, shukrkim,
Elga bu ish mujibi ohu fig‘ondur, bizga yo‘q. 
320
Birov jismig‘a otsa ul siymtan o‘q,
Mening jonima sanchilur yuz tuman o‘q. 
Budur turfakim, buyla holimni anglab,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin