www.ziyouz.com kutubxonasi
168
Navoiyo, ne ajab xonumoning o‘lsa qora,
Chu yoring o‘ldi qora qoshlig‘u qora ko‘zluk.
328
O‘zga oylardnn hayotim nash’asi bermas ilik,
Mumkin ermas o‘zgalar joni bila bo‘lmoq tirik.
G‘uncha og‘ziga agar tobi’dur og‘zing, yo‘q ajab,
Hurmat asrar, ne uchunkim ul ulug‘dur, bu kichpk.
Sabzxatlar yo‘q yigit sonida ul yuz tobidin,
Sabzani oq etti go‘yo ul quyosh bo‘lg‘ach itik.
Kirgali ko‘nglumga ul oy gar ko‘zumni tutti qon,
Bir eshik bog‘lansa ne g‘am, ochti tig‘i yuz eshik.
Ayni za’f ichra ko‘zungga sho‘xlug‘ onin erur,
Uylakim bemorlar ichra bo‘lur ba’zi tetik.
Yuz yoshurdung, lek zulfung torini yoydn sabo,
Shu’la past o‘lg‘anda andoqkim tutun bo‘lg‘ay biyik.
Yorug‘ istarsen ko‘ngul, mufrit riyozat qil qabul,
Qayda ko‘zgu ravshan o‘lg‘ay, bo‘lmasa suhon irik.
Dayr aro behushmenkim, boda tutqach mug‘bacha,
O‘zni bilmak rasm emastur, kimda-kim bo‘lg‘ay bilik.
Chehra chun ochting Navoiyg‘a, tong ermas iztirob
Kim, pariy ko‘rgach junun ahli, qilurlar telbalik.
329
To yelak savsani aylabsenu gulgun terlik,
O‘zidin savsanu gul ter aro yupturlar ilik.
Soldi boshig‘a ulug‘ fitnalar el qatli uchun,
Garchi sho‘xona siyahpeching ko‘runur osru kichik.
Lemuyi bo‘rkung erur shu’laki, sindurdung uchin,
Kuydurur xalqni ul shu’la agar bo‘lsa biyik.
Qon qilib rishtai jonlarniki qilding takband,
Bog‘lading belni magar qo‘ymag‘ali elni tirik.
Sen bu oshubu qiyomat bila aylab jilva,
Men netib aylamayin telbaligu sheftalik.
Garchi Ka’ba eshikin topmadi mingdin bir ochuq,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
169
Kir fano dayridakim, anda yopuq bo‘lmas eshik.
Oqsa na’sh ichra Navoiy yorasining qoni,
Chekib, ey ishq, kafan torin, aning zaxmini tik.
330
Labing xayolidakim chok erur manga ko‘nglak,
Tikar edim ani, jon rishtasidin o‘lsa ipak.
Itinga ozroq esa tu’ma pora-pora bag‘ir,
Uzub solay yana bir luqma o‘rni tutsa yurak.
Xating g‘amidin usholg‘an qalam kebi badanim,
Ichinda nol kebi har taraf zaif so‘ngak.
Binafsha yaprog‘idinmu libos etibdur gul,
Yo‘q ersa gul kebi jismingdadur binafsh yelak.
Yuzunga obila zaxmidin o‘zga xolatdur,
Nechukki bog‘ topar zeb, chun ochildi chechak.
Libos ziynatiyu ishq lofi keldi yiroq
Ki, kuymas ar necha parvonadek uchar ko‘palak.
Navoiy aylay olurmu nihon bag‘nr tuganin
Ki, lola yanglig‘ ochar pora-pora qonlng‘ etak.
331
Ul sarig‘ to‘nluq erur turg‘anda ta’zimimg‘a tik,
Shu’lakim xoshokni kuydurgali bo‘lg‘ay biyik.
Ko‘ngluma sancharg‘a, ey gul, qilma mujgoningni tez
Kim, tikonning ignasin hojat emas qilmoq itik.
Qilmadi holimg‘a g‘amzang birla la’ling iltifot,
Bor aiingdek holatimkim, ne o‘lukmen, ne tirik.
Ko‘z savodidin qora jon safhasin qildim varaq,
Bu ikining rashkidindur gar sanga yozmoq bitik.
Xol ekinmu ul ko‘z ostida, yo‘q ersa nofadin
Mushk tar bo‘lg‘ach, gul uzra qatra tomizdi kiyik.
Hajr toshi birla mehnat sholini qildim qabul.
Ey ko‘ngul, ishq ichra bo‘lmas ko‘rmayinn qattig‘ irik.
Xonaqahni bog‘lading, ey shayxu, qildiig azmi dayr,
Yuz eshik ochildi, gar bog‘landi ersa bir eshik.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |