Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
344
Gar jafo qil, gar vafokim, dilistonim sen mening,
Gar meni o‘ltur vagar tirguzki, jonim sen mening. 
Xohi ra’no qad bila borgil yonimdin jilvagar,
Xohi kel qoshimgakim, sarvi ravonim sen mening 
Ko‘nglum ichra sensenu ishqing ne dey holim senga, 
Chun bu yanglig‘ mahrami rozi nihonim sen mening. 
Jilva aylab har zamon, afg‘onu ohim qilma ayb,
Ham sen-o‘q chun boisi ohu fig‘onim sen mening. 
La’lidin bir-ikki so‘z mazkur qil, ey xasta jon,
Bori bu bir-ikki damkim, mehmonim sen mening. 
Telbalardin garchi rad qilding meni, lek anglag‘il
Kim, pariy ruxsoralardin tanlag‘onim sen mening. 
O‘ldi mehringdin Navoiy, bevafo debsen ani,
Ertagi nozuk mizoji badgumonim sen mennng. 
345
Bog‘ ichra chu garm bo‘ldi bozoring,
Yuz vajh ila bo‘ldi gul xaridoring. 
Yo gul chu xayol qildi yig‘ingni,
G‘ayratdin anga o‘t urdi ruxsoring. 
Qadding bila sarv qilsa sarkashlik,
Tushkan quyi boshi, ko‘rsa raftoring. 
Zulfungkim, erur tugun-tugun go‘yo,
El bo‘ldi birin-birin giriftoring. 
Nargis kebi sarg‘arib aso tutqan,
Ko‘ptur qora ko‘zlar ichra bemoring. 
Qil boru yo‘qung fidosi, ey ko‘nglum,
Garchi teng erur anga yo‘qingu boring. 
Deding: seni o‘lturay — xud o‘lturdi,
Yo‘q biymi halok, lutfi guftoring. 
Ey mug‘bacha, kufr tarki jurmumg‘a
Bo‘ynumg‘a taqarga yaxshi zunnoring. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
Gar qaytmasa Navoiy o‘lturkim,
Dayr eshiki chor cho‘bidur doring. 
346
Qaysi anduh o‘tikim, kuygan tanimg‘a urmading,
Ne balo toshiki, sing‘an boshima yog‘durmading. 
Ne yomon umr erdikim, kelding chu za’fim so‘rg‘ali,
Aylaguncha jon nisori maqdaming ham turmading. 
Jon kebi kelding va lekin iztirobidin ko‘ngul,
O‘lturushquncha dog‘i boshim uza o‘lturmading. 
Har sari mo‘yum zaboni hol ila yolbordilar,
Mo‘-bamo‘ anglab o‘zungni, bizga ham kelturmading. 
Chunki chiqting — chiqti jonim, ne iyodat erdi bu,
Qatlim etting, xasta jonimg‘a davo yetkurmading. 
Bog‘ aro, ey sarv, ham sarsabzsen, ham sarfaroz 
Kim, nechukkim, nastaran bir xasqa bosh indurmading. 
Ey Navoiy, qilmading xoli ko‘ngulni g‘ussadin,
To qadahni uylakim ko‘nglung tilar to‘ldurmading. 
347
Yo qoshingg‘a qatl uchun ziynat farovon aylading
Kim, ham etting lojuvardi, ham zarafshon aylading. 
Buyla ikki yo uchun soz aylabon kirpikdin o‘q,
G‘amzalar neshidin ul o‘qlarg‘a paykon aylading. 
Naqdi sabrim g‘unchadek og‘zingda qilg‘andek nihon,
Xurdai ishqingni ko‘nglum ichra pinhon aylading. 
Olloh-olloh, to ne fikr ettingki, la’lu g‘amzadin,
Birni jonbaxshu birini ofati jon aylading. 
Gul to‘kuldi, sarv ham yeldin taharruk qilmadi,
Bog‘ aro to yuz ochib, qadni xiromon aylading. 
Ne ajab, ey gul, iching qon etsa gardun laxt-laxt,
Baski, bulbul ko‘nglini g‘unchang kebi qon aylading. 
Ey Navoiy, yor agar qovdurdi andin, anglakim,
Ko‘yida o‘tgan kecha haddin ko‘p afg‘on aylading. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin