Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
185
Topqay ar topilmag‘ay hijrondin osori aning.
Ne humoyun yerdur, ey solik xaroboti fano,
Kim baqo vajhin ko‘rar, jon ichra xammori aning.
Kim vafolig‘ yor ko‘rdi, xurram o‘lsun oshiqi,
Kim vafo qilg‘ay jafogarlikda bir yori aning.
Sihhat o‘lg‘aymu Navoiyg‘aki, yuz dilxastani,
Kechalar uyqug‘a qo‘ymas nolai zori aning.
362
Do‘stlar, gar do‘st qatlim istar o‘lsa, o‘lturung,
Siz
agar rahm etsangiz, dushmanlarimg‘a topshurung.
Istasa yuz hajr o‘ti jonimg‘a yetmak, ishqida
Budurur komim debon, arzig‘a aning yetkurung.
Gulshani umrumni vayron istasa,
ey dardu ishq,
Anda har komu farog‘at naxli bo‘lsa, sindurung.
Kelmasa qasri hayotim ko‘ngluga xush, yonchibon,
Zulm toshin yog‘durub, gardung‘a gardin sovurung.
Bu jafolardin kechib ko‘ngli vafog‘a qilsa, mayl,
Zinhor ul mujdani jonim borinda kelturung.
Kimsaga bermang ko‘ngul, gar bersangiz, ey ahli ishq,
G‘ayri
gar xud jon erur, tan mulkidin anii surung.
Chun Navoiy ayladi ishqu fano dashtig‘a azm,
Qaytib, ey dardu balo, tengriga ani topshurung.
363
Qat’ qilg‘uncha riyo dashti aro yuz ming olong,
Tashlab o‘zlukni, qadam dayri fano jonibi mong.
Ishq sargashtasi sayrig‘a ne hojat markab,
Po‘ya qilmasmu quyunning ayog‘i bo‘lsa yalong.
Kulli maqsudg‘a ul yetti bu yo‘l sayrinda
Kim, tobonig‘a tikan bo‘ldi yana bir ultong.
Xonaqah shayxidin
el sirri fano anglamadi,
Dayr niri ani xub anglatur elga, anglang.
Ko‘p sovug‘luq kerak o‘lmoqqa ko‘ngul mahzi riyo,
Bahr muz bog‘lamag‘ay, bu yuzini tutmasa song.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: