Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
Yel esib tiyr chekar, ohki, bo‘lma g‘ofil
Kim, bu yanglig‘durur ayyomi hayotingg‘a shitob.
Barcha tanbih angadurkim, qo‘pu chek jomi sabuh,
Hayfdur buki, o‘tar uyqu bila subhi shabob.
Ko‘z yumub ochqucha tong otmishu chiqmish xurshid,
Tun erur pardayu mushkin bila holingg‘a hijob.
Bir dam ahbob bila bazmi sabuhiy tuzubon
Chekingiz, damni g‘animat bilibon, bodai nob.
Hoyu-huy aylabon o‘zni nafase xush tutkim,
«Hay» degancha ne sen o‘lg‘ung oroda, ne ahbob.
Bu navo kimga nasib o‘lsa, Navoiy yanglig‘,
Bu g‘azal birla ichib bo‘lsa kerak masti xarob.
42
Bu ko‘han dayrda xushtur necha kun bodai nob,
Xossa bir mug‘bacha ishqida kishi bo‘lsa xarob.
Zolime, qotile, yag‘moe, torojgare
Kim, bo‘lub kufridin, ofoq aro din ahli yabob.
Rishtai jonni tugub, zulfidin ochqanda girix,
Pardadarliklar etib, yuziga yopqanda niqob.
Ko‘yi ul dayrki din ahlini aylab kofir,
Qoshi ul dayrda bu kufr eliga mehrob.
Buyla ofat g‘amidin goh kishi ko‘nglida o‘t,
Andoq o‘t shu’lasidin goh birav jismida tob.
Nogahon mast chiqib dayrdin, ilgida qadah,
Ichibon oshiqi zorig‘a ichursa mayi nob.
Hashrg‘a tegru ayilsa bu may ichkan ozdur,
Ming tamug‘ yolinicha o‘tda ekan bo‘lsa azob.
Dayrda butni kishi topsa, netar jannatu hur,
Ul qadah ollida kavsar mayig‘a xud ne hisob.
Buyla bir aysh Navoiyg‘a talofiy aylar,
Charxdin tortsa yuz qarn jafo birla itob.
Dostları ilə paylaş: