Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
216
Ne birovning qomati ra’nosidin nolam biyik,
Ne kishining g‘amzai jodusidin uyqum harom.
Ne ichimda lolaruxlar ishqidin qonlig‘ tugan,
Ne boshinda siymbarlar vaslidin savdoyi xom.
Ham ko‘nguldin nozaninlar suhbati bo‘lg‘an unut,
Ham nazardin mahjabinlar surati borib tamom.
Nogahon shah bazmida jonimg‘a tushti ofate,
Men o‘zumdin bordim, ul bilmon qayon qildi xirom.
Hush ketti, aql itti, qolmadi jonu ko‘ngul,
Ishq chekti zuhd ila savdolarimg‘a intiqom.
Tushmish o‘t jonimg‘a ul damdin beri ul nav’kim,
Jon berib o‘lmakni topmon, aylabon yuz ihtimom.
Yor g‘oyib, dard muhlik, xalq g‘ofil, naylayin,
G‘avruma kim yetkay illo shohi gardun ihtishom.
Ey Navoiy, shohdin darding iloji bo‘lmasa,
Bosh olib ketgil, urub ovoralig‘ dashtig‘a gom.
425
Ne kun kelgayki, kelgay nozaninim,
Ne xush bo‘lg‘ayki, bo‘lg‘ay hamnishinim.
Saodat xatlari qilmish huvaydo,
Iting changiga surtulgan jabinim.
Erur ul sho‘x otqan kaj guruha,
Ko‘ngul ganji aro durri saminim.
Nedin ul ko‘z chekar o‘q go‘shalardin,
Gar o‘lturmakka qilmaydur kaminim.
Tekurma otashin la’lingg‘a boda
Kim, ul o‘tdin kuyar joni hazinim.
Ketur, ey mug‘bacha, jomi mug‘ona,
Erur, olsang, bahosi naqdi dinim.
Navoiy, ne osig‘, jonong‘a yetmas
Navolarkim chekar joni g‘aminim.
Dostları ilə paylaş: