Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

426


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim,
Yetkach ohim shu’lasi, ani sarig‘ gul ayladim. 
Charx varzish aylabon Farhod ila Majnung‘a javr,
So‘ngra maqsudi mening bedodim ermish — angladim. 
Toshki otdi, xasta ko‘nglum chokidin solib ani,
Yor ko‘nglidek meni bedil ichimda asradim. 
Kirdi maydon ichra go‘y o‘ynarg‘a ul chobuksuvor,
Men ham aning raxshi ollida boshim go‘y ayladim. 
To yo‘luqti ofiyat ko‘yida ul kofir manga,
Aqlu dinim bordi, bilmon, ne balog‘a uchradim. 
Subhdam dayr ichra mast o‘lsam meni muflis ne tong,
Shayx dastorin kecha masjidqa kirgach, sirmadim. 
Ey Navoiy, ko‘ngluma ishqida qo‘ydum dog‘lar,
Ul meni gar o‘rtadi, men dog‘i ani o‘rtadim. 
427
Ne tong gar muhlik o‘lsa dudi ohim imtidodi ham
Ki, bir hijron tunicha bor aning qaddi savodi ham. 
Labi birla mengi vasfin yozay desam, munosibdur,
Varaq jon safhasi, dog‘im qorasidin midodi ham. 
Agar bir dam unutsam ani, haqdnn pstaram o‘lmak,
Agarchi o‘lturur har dam meni bedilni yodi ham. 
Tutulmish zulfunga, lekin yuz ochsang, ochilur ko‘nglum,
Sening ollingdadur ul telbannng bandi kushodi ham. 
Hayotim naxlini hajringda ashkim sayli chun yiqti,
Madad qildi nigun aylarda ohim tundbodi ham. 
Uqubatlar bila hijronda o‘ltursang meni, ey ishq,
Jahon ahli aro ibrat uchun yetkur munodiy ham. 
Kerakmas g‘arra bo‘lmoq, shohidi davlat bosh indursa
Ki, bir xamliq erur aning salomi xayrbodi ham. 
Meni zuhdi riyoiy sari targ‘ib etting, ey zohid,
Salohi bor esa, zohirdurur aning fasodi ham. 
Navoiy, egninga qo‘ydung sabu ichmakka dayr ahli,
Bu erdi umrlar, ey mug‘bacha, aning murodi ham. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin