Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
Kim, xudo bermaydur ul sho‘xi jafogustarg‘a rahm. 
Xo‘blug‘ rasmin ilikdin berma, ey berahmkim,
Xo‘blar oshiqlaridin qildilar aksarg‘a rahm. 
Yo‘lung ustida yotibmen xastayu zoru zaif,
Bir o‘tarda aylagil bu bekasi muztarg‘a rahm. 
Bevafolar sari gar dunlarg‘a rahm ermas, ne tong,
Yo‘qki dunlar, balki yo‘q garduni dunparvarg‘a rahm. 
Ey Navoiy, sarv yanglig‘ dudi ohu siymi ashk,
Ne osig‘ chun kelmadi ul sarvi siymnnbarg‘a rahm. 
433
To o‘yuldi xanjari hijron bila giryoi ko‘zum,
Ul tanur o‘ldiki, zohir ayladi to‘fon ko‘zum. 
Vola ul suratqa, jono, to bo‘lubturmen. erur
Surati bejon ko‘zidek, ul taraf hayron ko‘zum. 
Dedim: etkil orazing birla ko‘zung vasfin, dedi:
Orazim davri qamar, sarfitnai davron ko‘zum. 
Ashkdin yuz sari chun zohir qilur durri samin,
Go‘yiyo ko‘z mardumi g‘avvos erur, Ummon ko‘zum. 
Bo‘ldi bir gulgun bo‘yalg‘an sham’ining xam shu’lasi,
Qilg‘ali rangin sirishkidin tanimni qon ko‘zum. 
Chun keraktur pok ko‘z manzuri bo‘lmoq pok yuz,
To yuzung bor, o‘zga yuz ko‘rmak emas imkon ko‘zum. 
Ey Navoiy, yo‘q hadim ul sho‘xni ko‘rmakka, lek
Har qayon azm etsa, asrar xalqdin pinhon ko‘zum. 
434
Javhari paykonlaringning maxzani jon istadim,
Jondin ortuq tuhfani jon ichra pinhon istadim. 
Tarki ishq irshod qildim ko‘ngluma, qatl aylading,
Bu edi jurmumki, kofirni musulmon istadim. 
Ey sabo, devona ko‘nglumdin xabar topqilki, men
Topmadim, chun ul pariy ko‘yida har yon istadim. 
Zulf aro qoshing ko‘rungach, bo‘lmadi zohir hilol,
Shomi iyd ani sipehr uzra farovon istadim. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
Vasl aro ahbob ila ul zolim oncha qo‘ydi dog‘
Kim, ul o‘tqa to‘zmagandin dog‘i hijron istadim. 
Xonaqah ahli azobidin may ettim orzu,
Zohido, o‘ldum deganda, obi hayvon istadim. 
Ey Navoiy, ishq aro o‘lsang dog‘i vasl istama
Kim, muyassar bo‘lmadi, men ulcha imkon istadim. 
435
Labnng hayot suyidin zulol emish — bildim,
Zulol nuqtasi ustida xol emish — bildim. 
Uchuq labingda emas, reza inju la’l uzra 
Ki, bargi gul uza bir qatra bol emish — bildim. 
Qadimki xam bo‘lub, og‘zing xayolidin itti,
Adam ichinda hamonoki, dol emish — bildim. 
Qoshingda xolning ovozasin eshitmish edim,
Bu Ka’ba toqiyu ul bir Bilol emish — bildim. 
Yuzungni bilmas edim zulf aro chu qildi tulu’,
G‘arib axtari farxundafol emish — bildim. 
Daniy tajammulu ozodaning falokatidin,
Zamon tabiati bei’tidol emish — bildim. 
Firoq shomida so‘rdum Navoiy ahvolin,
Soching xayolida oshuftahol emish — bildim. 
436
Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim — bilmadim,
Bu g‘azabkim, ayladi mohim, gunohim — bilmadim. 
Oshiq o‘ldum, yordin topqay debon ko‘nglum visol,
Hajr bu yanglig‘ bo‘lurni kiynaxohim — ilmadim. 
Yor ko‘yi ichra itti zor jismim ohdin
Qayda tushkanni bu yeldin bargi kohim— bilmadim. 
Ishq bo‘stonig‘a kprganda havoiy qush kebi,
Sunbuli zulfi bo‘lurni domi rohim — bilmadim. 
Aqlu xushu sabrim itti, ko‘rgach ul kirpik safin,
Bir-bir o‘lmog‘ni qora ko‘rgach, sipohim — bilmadim. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin