Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
Bag‘oyat hiylagardur zoli gardun,
Agar ersen, hazar qilg‘il bu tuldin. 
Tariqi ishq ila borg‘il, Navoiy 
Ki, ozdi har kishikim, chiqti yo‘ldin. 
441
Ishq chun berdi tanim shu’lasig‘a ko‘kta o‘run,
Chekti bir-birdin ani, ayirib uchqun-uchqun. 
Ishq o‘ti yoqqali chok etti quruq jismimni,
Yorsa xushroq tutashur, necha quruq bo‘lsa o‘tun. 
Shu’laliq tan bila g‘am dashtida sargardonmen,
Go‘yiyo yeli samum o‘lsa, bo‘lur buyla quyun. 
Dudi ohimg‘a yetishmas, chiqibon abri bahor,
Uylakim rif’at ila abri bahoriga tutun. 
Charx yog‘dursa kavokibni, sirishkimcha emas,
Qanda daryo bila teng bo‘lg‘ani bordur shudrun. 
Tiyr boroni g‘aming jonu tanimdin o‘tti,
Olloh-olloh ne balo bu yog‘in ermish o‘tkun. 
Ko‘kragim chokini tikmak bila butsun demangiz,
Subhning ko‘nglakining chokini kim ko‘rdi butun. 
Zohido, tonglagi kavsar mayidin ko‘p dema so‘z,
Kelki, mayxona aro xush tutoli o‘zni bukun. 
Istamas bo‘lsang ishing uzra girih, tuzluk qil
Kim, yog‘in rishtasig‘a qatrasi xud keldi tugun. 
Mastmen, lek unaman tugmai toj aylasa shayx,
Zuhdi ko‘yi aro xirqamdin agar tushsa yurun. 
Ey Navoiy, dema zulfi aro holingni, degil
Kim, erur asru aning qissasi chirmashu uzun. 
442
Rishtai jonim sanga bog‘ligdur, o‘ltur bir zamon
Kim, erur qo‘pmoq hamonu rishtani uzmak hamon. 
Fahm etar yaxshi yomon vasling manga tegmasnikim,
Yaxshilardin yaxshisen sen, men yomonlardin yamon. 
Vasli no‘shi lazzatin so‘rdung, javobin ne deyin,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
Menki hijron neshidin bir lahza topmasmen amon. 
Ashk uza qolqir zaifu zor jismim ohdin,
Tund yel tahrikidin andoqki, bahr uzra samon. 
Eldin o‘lmishmen ramida ani rom aylay debon,
Lekin ul yor elga rom, ammo erur mendin ramon. 
Bu fano dayrida har damkim o‘tar, tut mug‘tanam
Kim, yana bir damg‘acha mumkin emas bo‘lmoq zamon. 
Ey Navoiy, davr agar budur, meni mast etkali
Sen to‘la quykim, men aning sofu durdin tolg‘amon. 
443
Ul koni malohatda demon bor edi bir on,
Lav tanzur fi husnihi-l-on kamo kon. 
In ihtariqa jismi min nori havoyih,
Kuymasligi xasning choqin yetkanda ne imkon. 
O‘lgum susabon hajr biyobonida, rahm et,
Konat shafahak-aynu hayot ano atshon. 
Yo qurratu ayni ji’ va-r-ham bidumu’i,
Kim qildi bu selob ko‘zum uyini vayron. 
Ey qonki, ko‘zumdin oqasen rahmki, o‘lgum,
Min jayri dami-l-ayni lano hosilu iyqon. 
Lav lam yakuni-r-royihati-l-manzili salmo,
Yuz qatla band manzilidin ketmish edi jon. 
Har vajh ila gar o‘lsa Navoiy ne ajabkim,
Min kulli vujuhin sufi vajhika hayron. 
444
Ey, yuzung ustida ko‘z andoqki, oraz uzra ayn,
Nun bila ikki qoshing ichra tafovut binu bayn. 
Men kimu taqvo musulmonlarki, har soat solur
Ko‘ngluma ul ikki kofir ko‘z xayoli sho‘ru shayn. 
Anjum istar charx tosida tugonlar ishqdin
To ko‘rubtur ul muqammirvash qo‘lida ka’batayn. 
Yirtting umrum sijillin, tig‘ ila boshim chopib,
Qolmadi bo‘ynumda hijron o‘lturub bori bu dayn. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin