Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
Bog‘bono, deki, ne bergamen ul samarimdin. 
Nosiho, ishqu junundur hunarim, tarki buyurma,
Sanga or o‘lsa, manga faxrdurur bu hunarimdin. 
Ey Navoiy, boribon yor, fano dashtig‘a tushtum,
Magar ul qaytsa, men qaytqamen bu safarimdin. 
449
Yo‘q furqat aro bahram ne tandinu ne jondin,
Billahki, to‘yubturmen ham mundinu, ham ondin. 
Jon dushmanu jonon xud andin manga dushmanroq,
Tong yo‘q, ko‘p esa dardim jondin esa jonondin. 
Ko‘ksumga urar toshqa gar tegdi o‘qung ne sud,
Kuydurmakima, chunkim o‘t sekredi paykondin. 
Men xastani rashk o‘rtar, aylarga malak surma
Gardeki, chiqar ko‘kka javlonida maydondin. 
Zulfidin agar ko‘nglum jam’ o‘lmadi, ayb ermas
Kim, topqusi jamiyat ul xayli parishondin. 
El zarqu firibidin voqif kishi Majnundek,
Ne ayb, ko‘ngul uzmas gar g‘uli biyobondin. 
Zahr ichgilu may ichma, dahr ichra Navoiydek
Kim, naf’ xumor-o‘qdur bu sog‘ari davrondnn. 
450
Muzahhab aylagan paykonlaring jismim aro har yon,
Dema bosh chektikim, chekti zabona shu’lai hijron. 
Qachon paykon ko‘runmas, hajr o‘tining shu’lasi bo‘lsa,
Ani tortib chiqarmoq zaxm ichidin bormudur imkon. 
Ne tosh otib, tanimni zaxm qilsang, g‘amg‘a qolurmen,
Munga ne bog‘lay ani, qayda bog‘lay, deb meni uryon. 
Balo dashtida ko‘rgan vahsh Majnunni, meni dogi,
Xirad ahli qoshinda telba ko‘rgandek, qolib hayron. 
So‘ngaklarni tanimdin bir-bir ayirdi g‘ami hajring,
Mahaldur itlaringni aylasam kulbam aro mehmon. 
Ne men qolg‘um, ne sen boqiy, zamone kelgil, ey soqiy,
Qadah davrini xush tutkim, vafosizdur base davron. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
229
Vafosizdur zamon ahli, zamonda ne vafo bo‘lg‘ay,
Vafo ahli bulardin gar vafo istar, erur nodon. 
Xusho, dayr ichra mayxona, to‘la ilgimda paymona,
Menu ahli fano og‘zida kullu man alayho fon. 
Fano dayrida soyilliqni sultonlnqdin ortuq tut
Ki, o‘lmaklikda tengdurlar agar soyil, agar sulton. 
Jahon ichra kishining chun yo‘qiyu bori yaksondur,
Ne farrux kimsadur ko‘rgan jahon boru yo‘qin yakson. 
Navoiy, o‘zni xush tutkim, kishiga dahr ishi bordur,
Agar mushkul tutar — mushkul va gar oson tutar — oson. 
451
Furqatingdin sudurur ko‘nglum, xayoling ul sudin
Uyla zohirdurki, zohirdur jamoling ko‘zgudin. 
Ul yuz ollimdin ko‘rungach, qochti hijron zulmati,
Soya qolg‘andek keyin, xurshid chiqqach o‘trudin. 
Hajr biymi ichra bo‘ldum past, baskim, yig‘ladim,
Vasl ummidi dog‘i topsam, sustayurmen kulgudin. 
Deb eding qatlingg‘a kelgum, chun ishim o‘lmakdurur,
Kelsa o‘lgum, kelmasa ham, o‘lgum ushbu qayg‘udin. 
Chekmisham qotil ko‘zung ollinda ko‘nglum saydini, 
Chun qulaydur — bir o‘q ot, o‘tkarma ani qobudin. 
Dermen, aylay surma bir sohib nazarning gardini, 
Ohkim, uyg‘onmag‘ur baxtim, ko‘z ochmas uyqudin. 
Ko‘rgali ani Navoiydek o‘zumdin bormisham,
O‘ziga kelturmas ul ayyor ushbu bexudin. 
452
Yorutmas quyosh tiyra shomim qorosin
Ki, bu shom etar tiyra aning ziyosin. 
Ochar shoh o‘zi band qilg‘anni, lekin,
Xalos aylay olmas birov mubtalosin. 
Gar Ayyub sabr etti turluk baloda,
Vale ko‘rmadi hajr shomi balosin. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin