www.ziyouz.com kutubxonasi
230
Bulut bo‘ldi ohimkim, ul oyni yopqay,
Ulustin qilib tiyra ishqi havosin.
Diram o‘rnig‘a bersa anjumni tashlar,
Agar imtihon qilsang, ul oy gadosin.
Qani ra’iy mundin savob, ey ko‘ngulkim,
Kishi qoyil o‘lsa, bilib o‘z xatosin.
Navoiy erur bulbulung lekin, ey gul,
Unutturdi hajring xazoni navosin.
453
Netib o‘pkaymen ul chobuk ayog‘in,
O‘pa olmon chu raxshining tuvog‘in.
Bularni bo‘lmasa o‘pmak, ne imkon
Taxayyul birla ham o‘pmak dudog‘in.
Aziz andoqki ko‘z ichra savodi,
Ko‘ngulda ham tutarmen toza dog‘in.
Kerak tutmoq xating atrini topqan
Binafshazordin o‘tsa dimog‘in.
Menu sog‘ar, faqihu jomi kavsar,
Bale, har kimsa ko‘rsun o‘z ayog‘in.
Jahon makrin biravkim bildi, bermas
Jahon mulkiga bir damlig‘ farog‘in.
Saranjom o‘lmak ermish, ey Navoiy,
Xizr umri muyassar bo‘ldi sog‘in.
454
Ikki gul kecha kulbamni guliston aylabon,
Oldilar jonimni bedod, ulcha imkon aylabon.
Biri bo‘rkin sindurub, jonlar safin sindurg‘ali,
Aqlu din mulkin safi mujgoni vayron aylaboi.
Biri bir necha hilolin egri bog‘lab noz ila,
Anjumu aflokni husnig‘a hayron aylabon.
Biri xatti sabzasidin gulga bog‘lab hoshiya,
Bazmin ul sabzayu gul bog‘i rizvon aylabon.
Biri olam ahlining ko‘ngli qushin sayd etkali,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
231
Sunbuli domini gul uzra parishon aylabon.
Biri qoshu kirpigidek o‘q bila yo ilgida,
Lekin ul yo birla-o‘q jonlarni qurbon aylabon.
Biri vo‘sma birla surma rangidin ko‘k toqini,
Ofat angizu qora nargisni fatton aylabon.
Biri bog‘lab bargni to‘n uzra minorang qur,
Naxli qaddin g‘ayrati sarvi xiromon aylabon.
Biri gulgun to‘ng‘a sarig‘ astardin zeb etib,
Sarvi ra’nosin guli ra’noda pinhon aylabon.
Mastlig‘din ul qilib ilgida dog‘in oshkor,
Sho‘xlig‘din jong‘a bu yuz dog‘i pinhon aylabon.
Zulm ila ul o‘lturub, bu lutf birla tirguzub,
Gar bu qilsa zulm, ul ham lutfu ehson aylabon.
Men agar boqsam bu yon, tig‘ urub aning ishvasi,
Boqsam ul yon, g‘amzadin bu tiyr boron aylaboi.
Ey Navoiy, bu fasonang yo tush erkin, yo xayol,
Necha lof urmoq o‘zunga muncha bo‘hton aylabon.
455
Ey ko‘ngul, gar quti jon qilmoq tilar bo‘lsang labin,
Yo‘qtur imkon solmayin bo‘ynungg‘a tavqi g‘abg‘abin.
Shomi hijron uyla muhriqdurki, har soat qurur,
O‘l qilib daryog‘a yopinsam bulut chodirshabin.
Tiyradur ul nav’kim, qilg‘ay quyosh nurin qora,
Garchi kunduz charx toli’ qilsa baxtim kavkabin.
Uyla usruk chiqti javlon aylab ul, oykim, qilur
Yer bila teng, ko‘k uza sekretsa nogah ashhabin.
La’li jon olmoq tilar, yo‘qsa takallum aylasa,
Ruh ila qilg‘ay musharraf yuz Masiho qolibin.
Sofi may ichkim, kuduratdur sarosar, angladim
Ham zamon rasmini, ham ahli zamonnnng mashrabin.
Charx toqidin sado ermas, maloyik zikridur,
Chun Navoiy yetkurur gardung‘a yo rab-yo rabin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |