Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
234
Chu ko‘rdum og‘ziyu zulfini, hushum bordi yag‘mog‘a
Ki, mul kayfiyati fahm o‘ldi aning mimu lomidin. 
Nasimi zulfin istishmom qilsa aqli kuli chiqmas —
Junun atri qiyomatqa degin aning mashomidin. 
Ul oy hajrnnda mahzunmen, kerak mayxona ul yanglig‘
Ki, may kam bo‘lmag‘ay yillar ichib aflok jomidin. 
Manga chun dayr piri sa’y qildi butparast o‘lmoq.
Unuttum xudparast o‘lmog‘ni aning ihtimomidin. 
Erur ko‘ngli qushig‘a halqamu ushshoq otin ko‘rgach,
Navoiy otig‘akim, halqa chekting ul asomiydin. 
460
Dema gulgundur libosimkim, sirishkim qonidin,
Rang tutmish, qon oqar siqsang, tutub har yonidin. 
Necha ko‘nglum bog‘ida, ey ishq, kirsang topilur,
Sarv birla g‘uncha aning novaku paykonidin. 
Oshkoro ganji husnndin chu bahram yo‘qturur,
Qayda topqaymen tamattu’ xurdai pinhonidin. 
El bila kasbi havoyu su qirog‘i istading,
Bo‘lma g‘ofil ohu ashkim sarsaru to‘fonidin. 
Xo‘blug‘ davronida ushshoqdin yod et gahe
Kim, base yod aylagungdur xo‘bluq davronidin. 
Istamang oxir giyohi mehr yo bargi vafo 
Kim, ko‘karmaydur bular hargiz jahon bo‘stonidin. 
Ey Navoiy, yoqmasa ul oyg‘a, bas qildim navo,
Lek man’ aylarga ojizmen ko‘ngul afg‘onidin. 
461
Tilab maqsad harimi tavfini yeldek xiromimdin,
Oziqqan hamrahim topmas asar qum uzra gomimdin. 
Qiyomatqa degincha zahr o‘tidin marg‘zor o‘lg‘ay, 
Agar bir qatra tomsa, furqating bazmida jomimdin. 
Qamar davrida yorug‘luq yuzini ko‘rmagay kimsa,
Quyosh ruxsorig‘a gar tushsa xole tiyra shomimdin. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
Shamimi zulf vasfidin eshittim nuktae bir kun,
Erur yillarki, mushki nob isi ketmas mashomimdin. 
Sipehr uzra emas gulgun bulut, har sarikim tushmish,
Falak mir’otig‘a aksi sirishki la’lfomimdin. 
Kabobim juz bag‘ir yo‘q, garchi bor ohim aningdekkim,
Tushar vayronim ichra churkanib, qush o‘tsa tomimdin. 
Xalos o‘ldum ishim tengriga solib, toki bildimkim,
Ochilmas ish menpig behuda sa’yu ehtnmomimdin. 
Mug‘anniy nag‘masidpn toza bo‘lmas, ey Navoiy, ruh,
Agar zeb etmasa la’lig‘a ruhafzo kalomimdpn. 
462
Shioiy xatlar ayrilg‘an kebi xurshidi raxshondin,
Ko‘ngullar yo‘llar etmishlar jamoling sari har yondin. 
Sirishkim yomg‘uriyu shomi hijronimg‘a rahm etkim,
Bu o‘tti Nuhning umridin, ul bir o‘tti to‘fondin. 
Dema, ey Xizr, jon birla baqosi bobida ko‘p so‘z,
Fano ahli aro jonon borinda kim desun jondin. 
Buzug‘ ko‘nglum aro xattu uzoring, ey bahori husn,
Erur andoqki, butkay sabza birla lola vayrondin. 
To‘ladur ko‘ksum ichra novaking, surtub ilik, fahm et,
Tanimda har sarnmo‘ o‘rnida bir no‘gi paykondin. 
Chu davr ahli jafosidin icharmen boda, ey soqiy,
Unutma davr ayog‘idin, vale yod etma davrondin. 
Qachon oy kahkashondin soyir o‘lsa, bo‘lg‘ay ul yanglig‘
Kim, ul xurshndi siymo sayr uchun o‘tkay xiyobondin. 
Chu gulda yo‘q vafo rangi xazon yetkuncha, ey bulbul,
Sabodin bargi gul yanglig‘ uchub chiq bu gulistondin. 
Navoiyg‘a Hijoz ohangi bo‘ldi, to yana qaytib,
Maqom etmas Iroq ollida, yod etmang Xurosondin. 
463
Lolalar ochilsa vayron marqadim har yonidin,
Dog‘i ko‘nglum o‘tidindur, rangi zaxmim qonidin. 
Har o‘qungnung zaxmidin qon oqsa, tong yo‘q, nov-nov,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin