Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
239
Xam bo‘lub, qo‘l har taraf solg‘an nachukkim tokmen.
Ey Navoiy, fayzdin anfosim o‘lmish ruhbaxsh,
To Masihodek aloyiq zulmatidin pokmen.
470
Qadni ul xurshid ayog‘inda
agar dol etkamen,
Jilvasig‘a zulf yanglig‘ o‘zni pomol etkamen.
Xoldek
yuzum qora, gar to‘yg‘amen ruxsoridin,
Gar ko‘zumnung mardumin ruxsorig‘a xol etkamen,
Ul pariy paykarga forig‘bol yetmak istabon,
Tunu kun tengridin istid’o paru bol etkamen.
Har kecha holim xarob o‘lg‘anda, yolg‘on
tush bila,
Va’dai vasl aylab, andin o‘zni xushhol etkamen.
Gar desamkim, ko‘yi tufrog‘in aylay ko‘z halqasin
Ming teshukluk pardai jon birla g‘arbol etkamen.
Bodani bo‘g‘zumg‘a quyg‘aysen yiqib, ey mug‘bacha,
Gar icharda tavba uzri birla ihmol etkamen.
Rishta jismingdin, somon sarig‘ yuzungdin chirmayin,
Ey Navoiy, nomakim ul oyg‘a irsol etkamen.
471
Bilgasen, chekmas
kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo bo‘lsang, sanga andoqki men.
Ishq dardig‘a davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balog‘a kimsa ermas mubtalo andoqki men.
Uylakim, yo‘q sen kebi husn ahli ichra bir pariy,
Yo‘qturur bir telba ahln ishq aro andoqki men.
Eyki qo‘ymaysen, tanimni tu’ma qilgay itlaring,
Itlaringga jonni kim qildi fido andoqki men?!
Ey Navoiy, fayzdin anfosim o‘lmish ruhbaxsh,
To Masihodek aloyiq zulmatidin pokmen.
470
Qadni ul xurshid ayog‘inda agar dol etkamen,
Jilvasig‘a zulf yanglig‘ o‘zni pomol etkamen.
Xoldek yuzum qora, gar to‘yg‘amen ruxsoridin,
Gar ko‘zumnung mardumin ruxsorig‘a xol etkamen.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: