Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
250
Aylagan bir doston zoxir bizning afsonadin.
Bo‘lmish ul begonavash begonalarg‘a oshno,
Oshnolig‘lar isi topsam, ne tong, begonadin.
Orazu xoling giriftori esa ko‘nglum,
ne ayb
Kim, guziri yo‘qtur ul qushning bu obu donadin.
Bu kuhan dayr ichra kim topsa rafiqu sog‘are,
Odam ermas, tashqari qo‘ysa qadam vayronadin.
Sarv qadlar sadqasi bo‘lg‘ang‘a o‘rtanmakdur ish,
Ravshan et bu mojaroni sham’ ila parvonadin.
Xorlig‘ gardi aro botib, havodis toshining,
Vahmidin har dam chiqa olmon buzug‘ koshonadin.
Himmating bor esa, dunyo sho‘xidin ozod bo‘l,
Shohidi makkora mayli xo‘b emas farzonadin.
Kim Navoiyni qilur g‘oyib, topar mayxonada,
Goh dudi ohu gohi na’rai mastonadin.
492
Ishq aynidin ko‘zumni qilmadi
yoruq jahon,
Ne uchunkim Qof tog‘i ostida erdim nihon.
Qof tog‘i ostig‘a qolg‘an o‘luk tufrog‘ni,
Ne qadar ayni anodin qutqara olg‘ay jahon?
Vahki, to kirdim jahon bog‘ig‘a maxlas topmadim,
Lahzae yuz Qofcha dard ostidin men notavon.
Dushmanimdin ne balolar yetmish o‘lg‘ay jonima,
Do‘stdin menkim, jahonda ko‘rmadim juz qasdi jon.
Anikim jonu jahonim der edim, jonig‘a aysh
Yo‘q jahonda onchakim olg‘ay mening jonim ravon.
Muncha bedod oncha ermaskim,
meni maxjur etib,
Muddailar vaslidin topqay hayoti jovidon.
Soqiyo, jonim fidong o‘lsun, tutub bir jomi may,
Yuz tuman anduhdin jonimni qutqar bir zamon.
Boribon ahbobu men g‘aflat asiri bo‘lmag‘im,
Uyladurkim, it uyub qoldiyu ko‘chti korvon.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: