Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

509


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
259
Ey sabo, ovvora ko‘nglum istayu har yon boru,
Vodiyu tog‘u biyobonlarni bir-bir axtaru. 
Topako‘r ani chu topsang, har qayon ozim esa,
Boshig‘a evrul quyundek, dog‘i aldab qaytaru. 
Say’ etib kelur mening sari, vagar xud kelmasa,
Ollida bedilligimning dostonin o‘tkaru.
Aytqilkim, sen xud itting, jon dog‘i chiqmoqtadur.
Boshima yetkur, vagar xud kelmas o‘lsa, yolbaru. 
Olakel var bo‘lsa Majnun shevayu beixtiyor,
Qo‘ymayin o‘z ixtiyorig‘a, bu sari boshqaru. 
Kelturub, chok aylabon ko‘ksum, ani o‘rnig‘a sol,
Meni bedillik baloyu mehnatidin qutqaru. 
Ushbu yanglig‘ istagil doim Navoiy ko‘nglini
Kim, gar andin yetmasa, haqdin sanga yetkay qoru. 
510
Yig‘lamoq kam qilmadi bu diydai giryonda su,
Ikki arig‘ ayrilib ne o‘ksugay Ummonda su. 
Yetmay el og‘zig‘a la’li obdoring jon berur,
Bu latofat birla yo‘qtur chashmai hayvonda su. 
Ne ajab ko‘rgach yuzung, ko‘p oqsa yoshimkim, bo‘lur
Chashmalar ichra bahor ayyomida tug‘yonda su. 
Har ko‘zumdin goh su, gah qon oqar ko‘yung aro,
To‘rt ariq oqqan masallik ravzai rizvonda su. 
Buzg‘udektur charx uyin ashkim, hamono yo‘q emish
Nisficha olamni vayron aylagan to‘fonda su. 
Jong‘a shirindur o‘qung, vah, nayshakardurmu nayi,
Yo magar jon shirasidin bo‘ldi ul paykonda su. 
Eyki dersen, la’li serobimg‘a ko‘p labtashnasen,
Mundin o‘zga yo‘q ishim, to bo‘lg‘usidur jonda su. 
Soqiyo, maxmurluq og‘zim qurutmish, rahm etib,
Boda gar yo‘qtur, solib ber sog‘ari davronda su. 
Shodlig‘ xayli, Navoiy ko‘ngliga tushmay o‘tung
Kim, bu manzilning o‘ti ko‘ptur vale yo‘q anda su. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin