www.ziyouz.com kutubxonasi
279
Buynuma osg‘il sabu, bog‘lab ani zunnor ila.
Ey Navoiy, tuz bo‘lub, ne kelsa, tutqil o‘zni hush
Kim, sitez etmaklik o‘lmas charxi kajraftor ila.
547
Novakingning tusidin ermas nishone bo‘ynig‘a
Kim, erur qatl aylagan ahbob qoni bo‘ynig‘a.
Begunah ishq ahlig‘a tig‘i jafo surgum desang,
Bilki, mendin o‘zga tutmas kimsa ani bo‘ynig‘a.
Hajrdin gar yuz qilich bo‘ynumg‘a urdung, ey sipehr
Sarbasar qildim qo‘lum yetkan zamoni buynig‘a.
Qotilimni kimsa bilmay, zaxm yeb o‘ldum, valek
Men bilurmenkim, erur qonim faloni bo‘ynig‘a.
Tavq bil jannat qushi bo‘ynig‘a to mushkin ipak,
Tushti ta’viz etkali hirzi yamoni bo‘ynig‘a.
Mayg‘a egnimdinki, sajjodam garovdir, qildi man’,
Go‘yiyo zohid ko‘ra olmas ridoni bo‘ynig‘a.
Gar Navoiy o‘lsa, ul kofir diyorig‘a cheking,
Bog‘labon sudrarda zunnori fanoni bo‘ynig‘a.
548
Vahki, chamandin yana esti shamol o‘zgacha,
Har dam o‘lur atridin ko‘ngluma hol o‘zgacha.
Bulbulu qumri chekib lahnu navo o‘zga nav’,
Ko‘rguzadur sarvu gul g‘anju dalol o‘zgacha.
Savsan o‘lub sarbaland, g‘uncha qilib no‘shxand,
Elga alardin yetib daf’i malol o‘zgacha.
Sunbuli purtob ham, lolai serob ham,
Dud ila o‘tdin bo‘lub shibhu misol o‘zgacha.
Kirdi magar dilbarim, huri pariy paykarim,
Gulshan aro ko‘nglida fikru xayol o‘zgacha.
Bo‘lsa manga dog‘i yo‘l, andaki aysh aylar ul,
Qilsam edi mast o‘lub qolu maqol o‘zgacha.
Umri abad topqamen, tutsa manga bir qadah,
Nash’ae maydin anga husnu jamol o‘zgacha.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
280
Dahrda yo‘qtur karam, dahrning ahlida ham,
Qilmag‘asen, ey ko‘ngil, fikri muhol o‘zgacha.
Zuhd, Navoiy sanga bermadi masjidda fayz,
Emdi kirib dayr aro, tarhni sol o‘zgacha.
549
Qayu qushkim, qo‘nar bu paykari Majnun misol uzra,
Erur tan za’fidin qushdekki, yo‘ng‘aylar xilol uzra.
Balo toshi xam o‘lg‘an qaddim ustidin yiroq ketmas,
Biaynih nuqta yanglig‘kim, tushar yozg‘anda zol uzra.
Agar maygunlug‘idin rang aylar ersa mashshota,
Ko‘zumnung mardumin qo‘yg‘ul o‘yub ul turfahol uzra.
Qoshingning toqi ustida emastur anbarin xoling,
Zuhal go‘yo ochibtur orazi mushkin hilol uzra.
Ne tong, nozuklugidin gar qurayshi bo‘rk og‘ir keldi,
Xam aylar, chun qirov ko‘prak yog‘ar nozuk nihol uzra.
Savodi xat bila ham orazing xurshidi ravshandur,
Safoda ne tafovut soya tushkandin zulol uzra.
Belingga to soching chirmashti, rashkidin aning har tun
Dimog‘imda tong otquncha xayol ermish xayol uzra.
Ko‘zumni istasang ravshan, qadahni yopma, ey soqiy,
Kerakmastur sahob ul axtari farxundafol uzra.
Navoiy, yor la’lida uchuqtur, yo‘qsa yopushti
Chibinning parridin bir pora qo‘ng‘an chog‘da bol uzra.
550
Hajr o‘ti dog‘i bila ko‘nglumni, ey jon, o‘rtama,
Do‘zax o‘ti birla kuydur, dog‘i hijron o‘rtama.
O‘rtabon har kimni, o‘t jonimg‘a solma rashkdin,
Xalqni paydo, meni, majnunni, pinhon o‘rtama.
Lam’ai ruxsor ila din kishvariga solma o‘t,
Muncha islom ahlini, ey nomusulmon o‘rtama.
Ohim o‘ti uchqunin gardung‘a tortib, ey pariy,
Ul choqinlardin malak xaylini har yon o‘rtama.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |