Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
284
Anjum o‘lsa mehr uza, oncha ko‘runmas lutf aro
Kim, gahi ter qatrasi ul mehrvash ruxsorg‘a.
Ul ko‘z ermaskim, chekilmishdur uchi zulfung sari,
Kofiredur, olg‘ali mayl aylamish zunnorg‘a.
Qildi olamni guliston, ulki gulgun raxsh uza,
Chiqti gulgun to‘n kiyib, gul sanchibon dastorg‘a.
Dahr tufroqig‘a mehnat sabzasi bosh chekti boq,
Har taraf paykon uchi chiqqan tani afgorg‘a.
Husni davroni o‘tar barham bo‘lur, ey sarvi noz,
Zor ko‘nglumni ko‘rub, mayl etmasang ozorg‘a.
Istadi foius aro surat kebi sargashtalik,
Elga ulkim, davr berdi gunbadi davvorg‘a.
Yor yo‘q olamdakim, bir yor sirrin asrag‘ay,
Bas ajab sirredururkim, el degay ag‘yorg‘a.
Ey Navoiy, xonaqahda ko‘rmading juz dardi sar,
Ani daf’ aylarga yuzlan kulbai xammorg‘a.
558
Soluram ruq’asini ko‘ngluma urg‘ach yora,
Uylakim tom shikofi aro kog‘az pora.
Meni Farhod ila Majnun dog‘i istab topmas,
Tog‘u homun aro to ayladi ishq ovora.
Ey Masih, urma nafaskim, sovurur gardimni,
Ishq maqtulig‘a kim aylay olibtur chora.
Charx tosh yog‘durubon, yerga ko‘milmish jismim,
Yosag‘on anglama qabrimda o‘kulgan xora.
Ey munajjim, gar ul oy sabru sukunum xabarin
Demasang, yer quyi ham sobitu ham sayyora.
Gar vafo bo‘lmasa davr ahlida, tong yo‘qki, hanuz
Qilmamish charx vafo sog‘arini inkora.
Gar Navoiy g‘am aro qoni qurub, bo‘ldi halok,
Ne ajab, dilbari bir qotil erur xunxora.
Dostları ilə paylaş: