Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
313
Falak boshingni kirpich muttakosi qilg‘usi gar xud,
Bu dam xurshid xishtidin boshingg‘a muttako yetgay.
Navoiy, sensiz etmas bog‘ sari maylkim, shoyad
Anga bulbul bila guldin dame bargu navo yetgay.
614
Ne deb aylay jonni zulfi mushkbo‘yung sadqasi,
Bo‘lsa
yuz jon ozdurur, har tori mo‘yung sadqasi.
Naqsh etib ko‘nglumga jannat evrulurmen ko‘yunga,
Aylaram bu nav’ ila jannatni ko‘yung sadqasi.
Yelga hamroh otashin gul mayl etar bazmingg‘akim,
Bo‘lg‘ay ushbu vajh birla rangu bo‘yung sadqasi.
Pardai jonim libosing bo‘lmoq istar, bo‘lg‘ali
G‘unchadek gulgun hariri to‘ba to‘yung sadqasi.
Ovlading ko‘nglum so‘rub, istab, bu ne lutf erdi, vah
Kim, bu sargardon bila yuz justu jo‘yung sadqasi.
Qahr ila jonimni olsa mug‘bacha, ey piri dayr,
Bok emas, yuz jon bu tifli tundxo‘yung sadqasi.
Qaddu raftoring Navoiy ko‘rgali bo‘lmoq tilar
Ko‘ngli raftoring fidosi, joni bo‘yung sadqasi.
615
Ishq aro tish bag‘rima ursam, icharmen qon dog‘i,
Bal chekarmen hajr o‘qidin berkigan paykon dog‘i.
Belu og‘zidin nishon so‘rmangki, zahram derga yo‘q,
Bir sarimo‘ oshkoro zarrai pinhon dog‘i.
Ishqidin qonim to‘lub erdi, ani to‘kmakka sa’y,
Dashnai furqat ham etti xanjari hijron dog‘i.
Bo‘ynuma
zanjir taqib, jismima yog‘durdung o‘q,
Anglading, go‘yoki majnun o‘lmisham, uryon dog‘i.
Yig‘lamay holimg‘a naylaykim, aning vasli manga
Uylakim, ummid yo‘qtur, yo‘qturur imkon dog‘i.
Necha kun olamda chun mehmonsen, ichkil bodakim,
Mizbon
qolmas bu foniy dayr aro, mehmon dog‘i.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: