Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
323
Yuzida ter fitnasidin bo‘lsam ajab emasturki, marqadimda
Ushoq tosh o‘rnida xayli anjum, oy anda sham’i mazor bo‘lg‘ay.
Ko‘ngul chu kirpiklaring xayolig‘a tushti, resh o‘ldi
barcha juzvi
Tikan aro tushsa bir yalang telba, yo‘q ajab, gar figor o‘lg‘ay.
Men ul quyoshsizki za’faron rishtasidek o‘ldum, ajab ermastur
Dalili ishq ulki, rangi asfar dog‘i badan ham nazor bo‘lg‘ay.
Chu jonni bekaslik ichra g‘am
oldi mendin, ey ishq ahli, g‘am yo‘q
Xush ulki, muhlik g‘ami yetishsa yonida bir g‘amgusor bo‘lg‘ay.
Xumor hijron sudo’idin mayl qildi mayxona sari ko‘nglum
Magarki, ul sari moyil o‘lg‘ay angaki, ranji xumor bo‘lg‘ay.
Zamonu ahli zamonni zinhor ko‘rma xoshok birla xascha
Ki, olamda olam ahli dono qoshinda bee’tibor bo‘lg‘ay.
Vafo yo‘linda Navoiy o‘ldiyu ko‘rmadi g‘ayri bevafolig‘,
Vafo shiori bilurki, yorig‘a bevafolig‘ shior bo‘lg‘ay.
635
Ko‘rmadim jononni o‘tgan kun hayotim yo‘q edi,
Yuz hayotafzo yo‘luqsa, iltifotim yo‘q edi.
Ko‘ngluma kirganda
poyandoz edi jon pardasi,
Jismu jondin o‘zga sadqa yo zakotim yo‘q edi.
Xoki poyi xosiyatda surmadur deb yozg‘ali,
Ko‘z savodidek, qora ko‘zdek davotnm yo‘q edi.
Ashk to‘kmakdin qurug‘ach ikki ko‘z, kuydi ko‘ngul,
Daf’ig‘a o‘tning bu Jayhunu Firotim yo‘q edi.
Rindliqdin osru shokirmenki, taqvo daftarin
Qildilar
chun sharh, ul xayl ichra otim yo‘q edi.
Yorni ko‘rgach, ne tong, gar elni ko‘zga ilmadim,
Ul zamon parvoyi kulli koinotim yo‘q edi.
Ey Navoiy, ne ajab, hajr etsa xasdek poymol,.
Ishq aro chun tog‘dek vaznu sabotim yo‘q edi.
636
Ey hayotim naqdi la’li xurdadoning sadqasi,
Javhari jonim aqiqi durfishoning sadqasi.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: