Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
350
Shohi Jam qadr zamon ichra badi’,
Har badi’ ishta makon ichra rafi’.
«Xamsa» ichraki,
anga har bir harf
Bahr erur, zimnida yuz durri shigarf.
Dostonlarki, nigorish qildim,
Aning otig‘a guzorish qildim.
Ayladim pand tariqida g‘ulu,
Yuz tuman foydalardin mamlu.
Yed tutmish edi shahzoda barin,
Bilib erdi shahi ozoda barin.
Onsizin
pand anga hojat emas,
Aqli kull ollida el pand demas.
Qaydakim, bo‘lsa xudo yori aning,
Poklar ruhi madadkori aning.
Kosh ayyomi visolin ko‘rsam,
Yana bir qatla jamolin ko‘rsam.
III
Soqiyo bodai mastona ketur,
Dayrdin bodaparastona ketur.
Uyla maykim, chu ko‘rub bodaparast,
Ichkucha atridin o‘lg‘ay sarmast.
Nash’ai baxsh uylaki ohangi «Iroq»,
Talx ul nav’ki, xunobi firoq.
Mutribo, sen dog‘i
ohange tuz
Lahnida rangi Husayni ko‘rguz.
Ham Husayni so‘zidin rangi g‘arib,
Ham g‘aribi damidin bayti ajib.
Soz aylab, meni ham shod aylang,
Bir nafas qayg‘udin ozod aylang.
Shohlar nodiri atvor ichra,
Nuktayu diqqatu ash’or ichra.
Qildi
chun tengri muloyim ani,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: