Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
366
Mushkil ahvolu ajab holat aro.
Yor
sendek nechalar bor edilar,
Suhbatimda kechalar bor edilar.
Falaku anjum aro solib ko‘z,
Vasfida ko‘p uzalur erdi so‘z.
Falaku anjumi bemehru dani,
Barchasiz qildi seni, dog‘i meni.
Da’vii mug‘tanam o‘zni qilmon,
Seni xud g‘ayri g‘animat bilmon.
Meni
xush tut demak ermas dilkash,
Bir nafas bori o‘zungni tut xush.
XXV
Soqiyo, jom ketur daryovash
Ki, zamone bo‘layin daryokash.
Ki, tiriklik nafasi pesh ermas,
Xizr umri havasi besh ermas.
Kim
sumurgan nafas ul daryoni,
Sochayin yuz durri behamtoni.
Bahrkim, qatrasi bo‘lg‘ay duri pok,
Dema dur, la’l — bori otashnok.
Otashin la’lni axtar yanglig‘,
Uran el jonig‘a axgar yanglig‘.
Chekayin motamiyona oshub,
Xasta ko‘nglumni qilay xoroko‘b.
Telbalar
tavri alolo aylay,
Telba itlar kebi g‘avg‘o aylay.
Chekayin oh yurakdinki, sipehr
Pardag‘a chirmasun oyinai mehr.
Ayb emas,
gar bu sifat majnunmen,
Ko‘rki, kimning g‘amidin mahzunmen.
Qani ulkim, falaki dahr navard,
To erur sa’y bila davron gard.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: