Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
65
Olib el ko‘nglinki,
chekting sarvdek ozod qad,
Qaysi ko‘ngli birla chekkay ollinga shamshod qad.
Xo‘blar qaddi qadding ollida ko‘rsatmakcha bor,
Sarvi ozod o‘trusida savsani ozod qad.
G‘am yuki ostida qaddim bo‘ldi xam, imkoni yo‘q
Besutunning ostida tuz asramaq Farhod qad.
Xam bo‘lub, ko‘nglum olurg‘a kelmaking ul nav’dur
Kim, qilurda sayd qushni xam qilur sayyod qad.
Ey musulmonlar, netib o‘rnida ko‘nglum to‘xtasun,
Qilsa har dam jilva gar bir sarvi hurizod qad.
Bo‘lmadi toatqa xam qadding yigitlikda, ne sud,
Rak’at emdikim, bukulmak ayladi bunyod qad.
Ey Navoiy, husn elidin ofiyat yo‘q, to qilur
Ishvadin javru jafo ko‘z, jilvadin bedod qad.
123
Jafoda bor ul oy gardung‘a monand,
Atog‘a uylakim xislatda farzand.
Tugatdi
qon yoshim jism ichra qonni,
Qiliching zaxmi topmas emdi payvand.
Iting ko‘p, barcha bag‘rimdin tama’kor,
Ne tong qilsam ani parkand-parkand.
Agar men oshiqu devona ersam,
Manga nosih dog‘i ermas xiradmand.
Jahon ahlida mutlaq chun vafo yo‘q,
Xush ulkim, bo‘ldi bekaslikka xursand.
Manga davron og‘u berdi, anga no‘sh,
Men etsam zahrxand, aylar shakarxand.
Junun bo‘lmish Navoiy,
aylang ozod
Ki, majnunlug‘da tortibdur, base, band.
124
Labing la’lu xating, ey jon, zumurrad,
Bo‘lurmu la’lg‘a haryon zumurrad.
Erur xating xayoli ko‘nglung ichra,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: