225
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
116
Holima yor tarahhum qilmas,
Yig‘lasam zor, tabassum qilmas.
Ko‘ngluma vahm erur hijrondin,
Qatldin hech tavahhum qilmas.
G‘uncha og‘zing so‘zida qaysi zamon
Kim, hazin ko‘nglum o‘zin gum qilmas.
Javrlarkim qilur ul oy manga,
Yetti aflok aro anjum qilmas.
Qaysi bir zulmki qilmas ul sho‘x,
Garchi bu zor tazallum qilmas.
Yuz kalom el bila aytur har dam,
Bizga bir nukta takallum qilmas.
Ey Navoiy, qiya boqti demakim,
Ko‘ngluma yor tarahhum qilmas.
226
Ko‘z yorutmoqqa demon mehri jamoling bog‘i bas
Kim, samanding na’li, balkim, yo‘lining tufrog‘i bas.
Ko‘rgali maqsud ruxsorini mir’ot istaram,
Har taraf ko‘ksumdagi ishqingning eski dog‘i bas.
Buzg‘ali ko‘nglumni zahmat chekmangiz, ey dardu g‘am
Kim, bu kishvarni buzarg‘a hajr xayli yog‘i bas.
Yo‘lida tufrog‘men, sovurma, ey gardun meni
Kim, bu ishga chobukumning raxshining tuynog‘i bas.
Ko‘zni yozg‘ursam o‘yarg‘a hojat ermas tig‘i tez
Kim, ani ko‘r etkali hajr ilgining tirnog‘i bas.
Qorig‘anda tavba xushroqdur yigitlar ishqidin,
Beadablig‘larki ko‘rguzdung yigitlik chog‘i — bas.
Ey Navoiy, dilrabolarning vafosin istamon
Kim, manga o‘z dilbarim javru jafo qilmog‘i bas.
227
Shomi hijronimg‘a, ey gardun, sahar paydo emas,
Chekma zahmat qatlimakim, hojati yaldo emas.
Jonim olmoqqa ajal xaylidurur ko‘yung aro,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
117
Itlaringdnn boshim uzra har taraf g‘avg‘o emas.
Nastarandurkim, yuzung hajrida qonlig‘ ko‘z bila,
Za’faroniy yuzga surtubmen, guli ra’no emas.
G‘unchadek ko‘nglum yo‘q og‘zing hasratig‘a tushkali,
Ham aning rangin hamono tuttikim, paydo emas.
Har dam istig‘noyu nozi yuz gunahsiz qon to‘kar,
Bu ajab muhlik balodur, nozu istig‘no emas.
Charx jomida to‘ladur zahri qotil qasdima,
Gar nashotim yo‘q, ajab yo‘q sog‘ari sahbo emas.
Shohlardin lutfu ehson da’b erur ajz ahlig‘a,
Barcha shahlar zolim, ondoqkim, bizing mirzo emas.
Eyki, mendek telba ermassen, jihat ushbu ekin
Kim, nigoring bir pariy paykar malaksiymo emas.
Zikru tasbih istama mendin, Navoiykim, ishim
Tunlar ul oy hajrida har ohu vovaylo emas.
228
Ko‘rmak ani chun hadim yo‘q, meni jonon tanimas,
Yo‘q ajab gar ann ham bu zori hayron tanimas.
Oshiqu ma’shuq bo‘lmoq bir-birin tanishmayin,
Biz ikovdin boshqa go‘yo ahli davron tanimas.
G‘amki yuz yillik rafiqimdur, netibmen telbag‘a
Ko‘rmayin ko‘ksumda yuz ming dog‘i hijron tanimas.
Va’dai vasli ne yod etkayki bazmi aysh aro,
Mastlig‘din kimsani ul ahdi yolg‘on tanimas.
Ey musulmonlar, ajab yo‘q kofiru mast o‘lmag‘um,
Chunki islom ahlini ul nomusulmon tanimas.
Tanima davr ahlinikim, ulki jon qilsang fido,
Holinga tag‘yir bergach davri gardon, tanimas.
Ey Navoiy, qil Iroq ohangiyu azm et Hijoz
Kim, muhabbat zumrasin ahli Xuroson tanimas.
229
Bizga ishq anduhidin ish zorlig‘larmu emas,
Holi hajr oshubidin dushvorlig‘larmu emas.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |