Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
233
Mehr go‘yokim tulu’ etmish, mening mohim emas,
Kim, yuziga ko‘z sola olmonki, dilxohim emas. 
Har dam ohingdin dema mir’oti husnung tiyradur,
Tiyra bo‘lma, ishqing o‘ti dudidur, ohim emas. 
Sa’b uchun ishq o‘ldilar Fyarhodu Majnun yo‘lda-o‘q,
Kim, biri holo bu vodiy ichra hamrohim emas. 
Oh, jismimni aning ko‘yiga soldi yuz ming oh,
Kim, anga bir ko‘hi mehnatdur pariy kohim emas. 
Ahli ishq istar visolu men xayolig‘a dog‘i,
O‘zin loyiq topman el bu ishta ogohim emas. 
Men fano dayri gadoyimen, nedur sing‘an safol,
Ilgima gar har eshikda shay-al-ollohim emas. 
Ko‘yida chun tufrog‘ o‘ldum, esmasun ul yon sabo,
Ey Navoiy, ul maqomimdur, guzargohim emas. 
234
Tutmayin olamda ko‘nglum nasli odam birla uns,
Vahki, oxir tutti bir oshubi olam birla uns. 
Kimga aytay ul pariy dardin meni majnun dame,
Chun tuta olmon junundin hech hamdam birla uns. 
Jonda har zaxm ichra chun dardi aning matlubdur,
Bu jihatdindurki, topmas hech marham birla uns. 
Gar unuttum vaslni hijron aro, yod aylamas
Shodlig‘ni ulki, tutti mehnatu g‘am birla uns. 
Vomiqu Majnung‘a holim demadimkim, qo‘ymadi
Vahshati hijron tutarg‘a hech mahram birla uns. 
Bor esa novmid oshiqlar anisim, tong emas,
Motam ahlig‘a, ajab yo‘q, ahli motam birla uns. 
Olam ahli sust paymondurlar, ey ahli vafo,
Dast agar bersa, tutung bir ahdi mahkam birla uns. 
Ul pariy paykar malakvash men junundin devsor,
Tutmasa yo‘q ayb bu rasvoi olam birla uns. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
Ey Navoiy, shoh chatri soyasidin ori bor,
Tutqan el bir lo‘lii oshufta parcham birla uns. 
235
Qo‘p, ey bodi sabo, jonon sari es,
Masih anfosi yanglig‘ jon sari es. 
Aning ko‘yida qil arzi niyozim,
Dame ul ravzai rizvon sari es. 
Dame gul birla sunbul xaylidin o‘t,
Zamone lolayu rayhon sari es. 
Chu ul gulshandin o‘ldung ruhparvar,
Yonib bu kulbai ahzon sari es. 
Isidin ber tanimg‘a ruh, ya’ni
Ki, bu farsudai hijron sari es. 
Fano dashtida, ey hijron samumi,
Quyun yanglig‘ bu sargardon sari es. 
Navoiy chun o‘lar, ey sarsari oh,
Buzug‘lik qilg‘ali davron sari es. 
236
Manga ishrat yeri — kunji fano bas,
Yangi masnad, bir eski bo‘ryo bas. 
Yalang tan yopqali bas sholi idbor,
Bosh ostida yalang qo‘l muttako bas. 
Davo dardimg‘a gar topmon, emas g‘am
Ki, dardimg‘a davosizlig‘ — davo bas. 
Mayi ishratni ahli aysh cheksun,
Menga xunoban ranju ano bas. 
Men o‘ldum xud vafo yo‘lida tufrog‘,
Vale yor aylamas javru jafo bas. 
Skandarga jahonu azmi zulmat 
Ki, mulki ishqu shomi g‘am manga bas. 
Desam anglay jahon holiin ravshan,
Qadah oyinayi getinamo bas. 
Havodisdin panoh har kimga bir yer,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin