Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
123
239
Qilding ofat barqidin jonimg‘a o‘t yoqmaq havas,
Tifl o‘t yoqmoq uchun qilg‘andek o‘t choqmaq havas.
Telba ko‘nglum shu’lai ishqingni asrar jon aro,
Uylakim ahli junun aylarlar o‘t yoqmaq havas.
Yo mizojing tund ekandin, yo raqibing vahmidin,
Boqa olmon necha ko‘z istar sanga boqmaq havas.
Ishq jurmin bo‘ynuma tuttum,
vale bu jurm uchun,
Qilmading zulfung tanobin bo‘ynuma toqmaq havas.
Sayli ashkim istaram sursam, vale ko‘yung sari,
Istamon vayron qilur andishadin oqmaq havas.
Bazmi himmat ichra may ichsam, qilurmen hazl uchun,
Charxning farqi uza rad ilgini qoqmaq havas.
Necha o‘t yoqmaq havas qilg‘ung Navoiy jonig‘a,
Anda bir qilsang bo‘lur marham dog‘i yoqmaq havas.
240
G‘amzangni
kishi nazzora qilmas
Kim, bag‘rini pora-pora qilmas.
Dardimg‘a agarchi yo‘q shumora,
Ishqing muni ham shumora qilmas.
Bechora meni dengiz g‘am ichra
Kim, yor g‘amimg‘a chora qilmas.
Qilg‘anni jahong‘a ohu ashkim,
Charx aylamasu sitora qilmas.
Ishq qildi ko‘ngulga dardi hajring
Kim, shishag‘a sangi xora qilmas.
Topmas
kishi dahr bazmidin kom,
Kim, majma’idin kanora qilmas.
Xilvat aro kirgali Navoiy,
Juz maxlasin istixora qilmas.
241
Ul oy bo‘lmay manga mahbubu ma’nus,
Meni vaslidin etti charx ma’yus.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
124
Ne bilgay holatim dasht uzra Majnun,
Ki, ermas hajr zindonida mahbus.
Magar g‘am
shomi hijron qiyri birla
Yuzumga vasl eshikin qildi madrus.
Sen, ey davlat qushi, uchkim, menu chug‘z
Kim, ul manhusu baxtim dog‘i manhus.
Vafo ahli zamondin qilma bovar
Ki, ne ma’qul erur bu ish, ne mahsus.
Ketur maykim, chu bo‘ldum oshiqu mast,
Hamul dam daf’ bo‘ldi zuhdu nomus.
Navoiy rag‘mig‘a xush tutsun o‘zni
Angakim, bir anise bo‘lsa ma’nus.
Dostları ilə paylaş: