Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
125
243
Ulki bizni
zoru ani asru zebo aylamish,
Ani noparvoyu bizni noshikebo aylamish.
Ishqida har kimki sodiqroq, jafosi sa’broq,
Ahli husn ichra ul oy xush rasm paydo aylamish.
Dayr aro yuz mug‘bacha ta’lim olurg‘a qo‘ydi yuz,
To labing ehyoyi anfosi Masiho aylamish.
Gar itingning poybo‘sin topmasa ko‘nglum, ne tong,
Ne uchunkim, haddidin ortuq tamanno aylamish.
Ishq aro o‘lmay netaykim, ko‘k
meni aylab gado,
Husni iqboli mening mohimni mirzo aylamish.
Tog‘ aro Farhodu dasht ichra solib Majnunni ishq,
Kimni mendek jumlai olamda rasvo aylamish.
Yig‘lamish gohi kavokibdin kulub,
gah subhdin,
Charxkim, holimni g‘am shomi tamosho aylamish.
Jon berib, davron elidin istamang mehru vafo
Kim, base topmish ziyon, har kim bu savdo aylamish.
Gar Navoiy, ko‘ngli mulki bo‘lsa vayron,
ayb emas,
Turktozi ishqi ul kishvarki yag‘mo aylamish.
244
Yuz balo boshimg‘a yog‘durg‘an dedim aflok emish,
Chunki tahqiq ayladim, ul kofiri bebok emish.
Husn avjida tulu’ aylab yorutg‘an dahrni,
Men quyosh sog‘indim, ul ruxsori otashnok emish.
Notavon jismimni
sayli ashk uza qildim qiyos,
Olami ishq ichra daryo uzra bir xoshok emish.
G‘am tuni bemehr ekandin yo‘qki ko‘ksum chok erur,
Subhning pirohani dog‘i bu g‘amdin chok emish.
Ko‘ngulu ko‘z qonidin orig‘ bo‘lur ermish yuzi,
Oshiqekim, har g‘arazdin ko‘zu ko‘ngli pok emish.
Yo‘q shafaq, mazlum qonig‘a
qolib erdi sipehr,
Ani yug‘an bahri ashkim mavjidin ko‘lok emish.
Yetsa muhlik g‘am, tilarmen bodano‘she negakim,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: